Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Siyosiy madaniyat – siyosiy tizim subyektlari bo‘lgan siyosiy partiya-
lar, birlashmalar va jamoalarning davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtiro- 155 VII bob. Jamiyatning siyosiy tizimi va davlat ki hamda siyosiy munosabatlarni tashkil etish chog‘ida qo‘llaydigan (rioya etadigan) qadriyatlar, siyosiy g‘oyalar, e’tiqod va ramzlar tizimidir. Siyosiy madaniyat muayyan millat yoki ijtimoiy–siyosiy jamoaning siyosat olami, siyo- siy jarayonlar amalga oshishining qonun va qoidalari xususidagi tasavvurlari majmui hamdir. B. To‘ychiyevning ta’biricha, siyosiy madaniyat ijtimoiy ong va umumiy madaniyatning siyosiy institutlar hamda siyosiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qismi va jihatlarini qamrab oladi. Ular, o‘z navbatida, davlat va siyosiy institutlarning shakllanishi, amal qilishiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Siyosiy madaniyat tarkibiga siyosiy tizim doirasida namoyon bo‘luvchi e’tiqod va fikr yo‘nalishlari ham kiradi1 1 . Boshqa bir olim K.S. Gadjiyevning fikricha, siyosiy madaniyat – siyosiy hamjamiyat subyektlarining ko‘pchiligi tomonidan e’tirof etilgan normativ qadriyatlar tizimidir 2 . O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakat siyosiy tizimining qonuniy asoslarini tashkil etadi. Unda davlat, siyosiy partiyalar va jamoat bir- lashmalarining huquqiy maqomi va o‘zaro aloqalari hamda faoliyatining ustu- vor tamoyillari belgilangan. Siyosiy tizimning amal qilishi, faoliyat ko‘rsatishi mazkur institut haqidagi konstitutsiyaviy qoidalarning ro‘yobga chiqishi va hayotga tatbiq etilishini anglatadi. Siyosiy tizimning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: birinchidan, xalqning siyosiy irodasini aniqlash, ifodalash va amalga oshirishga ko‘maklashish; ikkinchidan, xalq ommasini jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga safarbar etish; uchinchidan, jamiyatni uyushtirish va boshqarish, jamiyat rivojining qo- nuniyatlarini aniqlash va ilmiy asoslantirilgan mexanizmlarni yaratish. Tarixan olib qaraganda davlatni dast- labki siyosiy tashkilot deb hisoblash mum- kin. Davlatning siyosiyligi shundaki, u hukmronlikka intilgan va erishgan ijtimoiy guruhlarning (sinflarning) manfaatini ifodalovchi tashkilot sifatida maydonga keldi. Keyinchalik ijtimoiy guruhlar, qatlamlarning manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa uyushmalar, tashkilotlar, partiyalar vujudga kelib, o‘ziga xos siyosiy tashkilotlar yig‘indisi, majmui, tizimi hosil bo‘ldi. 1 Qarang: Оdilqoriyev Х.T., G‘oyibnazarov Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004; Туйчиев Б. Про- блемы формирования политической культуры и демократизация современного общества. – Т., 1991. – 33–34-betlar. 2 Qarang: Гаджиев К.С. Политическая наука. – М., 1995. – 338-bet. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling