Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy va huquqiy normalar
- Siyosiy faoliyat
154
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi bu mafkurani davlat mafkurasi sifatida belgilamaydi. Siyosiy me’yor – davlat va siyosiy tuzilmalar darajasida tan olingan siyosiy axloq hisoblanadi. Uning asosiy hujjati konstitutsiya bo‘lib, u jamiyat va davlat hayotining normalarini o‘zida aks ettiradi. Axborot-kommunikatsiya tizimining o‘rni siyosiy jarayonlarni xalqqa xolisona yetkazish va baholash bilan belgilanadi. Bunda asosiy o‘rinni televi- deniye, gazeta va jurnallardagi siyosiy va huquqiy rukndagi ko‘rsatuv va maqo- lalar egallaydi. Ayniqsa, kompyuter tizimidan axborot olish manbayi yuqori o‘rinda turadi. Chunki, «Internet» tizimi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Siyosiy tizimning yuqorida qayd etilgan kichik tizimlari mustaqil faoliyat ko‘rsatsalarda, ammo bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning o‘zaro uyg‘un holatdagi faoliyati siyosiy tizim barcha mexanizmlarining normal ish- lashini ta’minlaydi. Siyosiy tizimni bunday tushunish unga kompleks yondashishni bildira- di. Yuqoridagi talqindan kelib chiqib, siyosiy tizimni quyidagi asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: 1) siyosiy va huquqiy normalar; 2) siyosiy tuzilmalar (institutlar); 3) siyosiy faoliyat; 4) siyosiy ong; 5) siyosiy madaniyat. Siyosiy va huquqiy normalar – Konstitutsiya, kodeks, nizom, parti- yaviy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bo‘lib, ular siyosiy munosabat- larni tartibga solish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Siyosiy tuzilmalar (institutlar) – siyosiy va davlat tashkilotlari, ular o‘rtasidagi munosabatlar, institutlar hamda muassasalar yig‘indisidir. Bu yerda siyosiy faoliyat, harakat va munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy jihati nazarda tutiladi. Siyosiy faoliyat – jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirish tizi- mini muhofaza etish, rivojlantirish hamda funksional ta’minlashga qaratilgan faoliyat turidir. Siyosiy ong – ijtimoiy ongning bir turi bo‘lib, u siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kishilarning siyosiy mu- nosabatlar sohasidagi xulq – atvorini yo‘naltiruvchi tafakkurning namoyon bo‘lishidir. Siyosiy ong – siyosiy nazariyalar, dasturlar, ta’limotlar tarzida, shuningdek siyosat haqidagi oddiy insoniy qarashlar, tasavvurlar va an’analar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling