Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

157
VII bob.
 Jamiyatning siyosiy 
tizimi va davlat
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq dav-
lat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Xalq bu hokimiyatni vakillik 
demokratiyasi (saylab qo‘yiladigan davlat hokimiyati organlari orqali) va 
bevosita demokratiya yo‘li bilan amalga oshiradi. Bevosita demokratiya 
shakllariga fuqarolarning davlatni boshqarishda, referendumda ishtirok 
etish hamda jamoat birlashmalariga uyushish huquqi kiradi. Fuqarolar bu 
huquqlarni turli jamoat tashkilotlariga uyushish yo‘li bilan amalga oshirishi 
mumkin. Bunday tashkilotlar qatoriga siyosiy partiyalar, kasaba uyushma-
lari, yoshlar tashkilotlari va har xil ijodiy uyushmalar kiradi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi 1 bobining mazmunidan kelib chiqib, siyosiy 
tizimga O‘zbekiston xalqi siyosiy faoliyati tashkiliy shakllarining majmui, 
deb ta’rif berish mumkin. Bunda davlatga xalq siyosiy faoliyatini tashkil 
etishning asosiy shakli sifatida qaraladi, chunki boshqa shakllar davlatga 
nisbatan ikkilamchi xususiyatga ega. Ular davlat oldida turgan vazifalarni 
hal qilishga nodavlat tuzilmalar vositasida yordam beradi, jamiyat va dav-
lat ishlarini boshqarishda barcha fuqarolarning ishtirok etishiga imkoniyat 
yaratadi, davlat hayotida demokratiya asoslarining yanada kengayishiga 
ko‘maklashadi. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning asosiy o‘rni va roli dav-
lat siyosiy tizimning asosiy elementi deb aytish imkonini beruvchi bir qan-
cha xususiyatlar bilan belgilanadi. 
Birinchidan, davlat O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli xalqining siyo-
siy tashkiloti, ya’ni ijtimoiy, mulkiy mavqei, irqi, millati, kasb-kori va hokazo-
lardan qat’i nazar, jamiyat barcha a’zolarining tashkilotidir. Shu bois, davlat 
butun xalq tashkiloti sifatida siyosiy tizimning boshqa tarkibiy qismlariga qa-
raganda kengroq ijtimoiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 
Ikkinchidan, davlat xalq manfaatlarining rasmiy ifodachisi sifatida
mulkning barcha shakllari rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi.
Uchinchidan, davlat maxsus apparatga ega. Boshqa tarkibiy qismlardan 
farqli o‘laroq, bu apparat organlariga hokimiyat vakolatlari beriladi. Bunday va-
kolatlarga ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari ega bo‘ladi. Ular tarkibi-
ga majburlov vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar, soliq, bojxona, prokuratura va 
milliy xavfsizlik organlari kiradi. 
To‘rtinchidan, siyosiy tizimning boshqa elementlaridan farqli o‘laroq, 
davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish 
hamda ularning ijrosi ustidan nazorat tizimiga ega bo‘ladi. Jamoat tashkilotlari 
normativ hujjatlar qabul qilish huquqiga ega. Bu normativ hujjatlar faqat maz-
kur jamoat tashkiloti a’zolariga nisbatan tatbiq etiladi. 
Beshinchidan, davlat suverenitetga, ya’ni davlat hokimiyatining barcha 
siyosiy partiyalar, muassasalar, fuqarolar va nodavlat tashkilotlariga nisbatan 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling