Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Jamoat birlash-
malari va davlat organlarining o‘zaro muno- sabatlari 4-§. 159 VII bob. Jamiyatning siyosiy tizimi va davlat – davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadilar; – davlat va jamoat organlarida o‘z a’zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadilar va ularning manfaatlarini himoya qiladilar; – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlarda, ja- moat birlashmalarining dasturlari va nizomlarida ko‘rsatilgan boshqa vakolat- larni amalga oshiradilar. Shunday qilib, O‘zbekistonda jamoat birlashmalarining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga fuqarolarni jalb qilib, ular ishtirokida davlat va jamiyatni rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun to‘liq imkoniyatlar yaratilgan. Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunda ularni tuzish va faoliyatini to‘xtatish tartibi ham ko‘rsatilgan. Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqa- roning tashabbusi bilan tuziladi. Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta’sis s’ezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi, uning ni- zomi (o‘zga asosiy hujjati) qabul qilinadi va rahbar organlari tuziladi. Qonunga muvofiq, nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham jamoat birlashmalariga a’zo etib qabul qilinadilar. Faqat 18 yoshga to‘lgan fuqarolar Respublika siyosiy partiyalariga a’zo bo‘lish huquqiga egadirlar. Partiyalar o‘z a’zolarining siyosiy irodasini ifodalab, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzishda ishtirok etishni, shuningdek respublika Oliy Majlisi va Xalq deputatlari kengashlariga saylangan o‘z vakillari orqali ho- kimiyat organlarining faoliyatida qatnashishni asosiy vazifa qilib qo‘yadilar. Ularning dasturiy hujjatlari bo‘ladi va bunday hujjatlar matbuot orqali ommaning e’tiboriga havola qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o‘zi xohlagan siyosiy partiyaga a’zo bo‘lib, o‘sha partiya orqali o‘z siyosiy irodasini ifoda etishi mumkin. Bunday erkinlik, o‘z navbatida, xalq siyosiy ongining o‘sishiga olib keladi. O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar har xil yo‘llar bilan o‘z a’zolari va boshqa fuqarolarning davlat ishlarida ishtirok etishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Siyosiy partiyalar respublika Oliy Majlisi, Xalq deputatlari kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatishi, saylov oldi tashviqot ishlarini olib borishi, respublika Oliy Majlisida va tegishli Xalq deputatlari kengashlarida o‘z taraf- dorlari bo‘lgan deputatlar fraksiyalari, guruhlarini tuzish huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari siyosiy partiyalarning dasturini, ularning maqsadlarini o‘rganib chiqish imkoniyatiga egadirlar. Ular o‘z ixtiyor- lari va xohish-irodalarini siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish orqali ifodalaydilar. Siyosiy partiyaga a’zolik faqat yakka tartibda amalga oshiriladi. Bir partiyaning a’zosi, ayni vaqtda, ikkinchi partiyaga a’zolikka qabul qilinmaydi. Ommaviy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling