Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

160
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
jamoat harakatlari ham siyosiy yoki o‘zga maqsadlarni ko‘zlaydilar, lekin ularning 
ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar, harbiy 
xizmatchilar o‘z xizmat faoliyatida faqat qonun doirasida ish yuritadilar, shuning 
uchun bu shaxslar siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni ko‘zlovchi ommaviy 
harakatlarning a’zolari bo‘la olmaydilar.
Jamoat birlashmalari qonunlarda belgilab qo‘yiladigan tartibda ishlab 
chiqarish va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadilar hamda faqat o‘z nizomidagi 
vazifalarni bajarish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar 
xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni tuzishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati natijasida 
olingan daromadlardan faqat nizomda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish 
uchun foydalaniladi. Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunga asosan, siyo-
siy maqsadlarni ko‘zlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlarning diniy 
tashkilotlardan, chet el davlatlari tashkilotlari va fuqarolaridan moliyaviy va 
o‘zga yordam olishi man etiladi, ulardan tushgan mablag‘lar esa, davlat foyda-
siga o‘tkaziladi.
Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-mod-
dasiga asosan, o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy 
Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar 
berib turadilar. 2004-yil 30-aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy par-
tiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi
1
. Qonun ushbu so-
hadagi tegishli munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan va unda siyosiy 
partiyalarni moliyalashtirishning quyidagi manbalari belgilangan:
– kirish va a’zolik badallari;
– qonunga muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
– davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
– mamlakatimizdagi yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan Qonunga 
muvofiq tartibda beriladigan xayriya yordami.
Siyosiy partiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakuni 
bo‘yicha o‘z fraksiyasini tuzish uchun zarur deputatlik o‘rinlarini (9 depu-
tat) olgan bo‘lsa, davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi (Qonun-
ning 7-moddasi).
Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. Jamoat 
birlashmalari o‘z ommaviy axborot vositalarini ta’sis etishlari hamda amaldagi 
matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunlarga muvo-
fiq noshirlik faoliyati bilan ham shug‘ullanishlari mumkin.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining Aхborotnomasi. 2004-yil, 5-son, 86-modda.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling