Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

162
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
qatnashish uchun o‘z vakillarini yuborishga haqli. Ular jamoat birlashma-
sining nizomiga rioya qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan uning a’zolari 
va boshqa fuqarolardan tushuntirish xati olishlari mumkin. Bu har qanday 
birlashma faoliyatining oshkoralik bilan amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzish amaldagi qonunlarga 
muvofiq jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun aybdor bo‘lgan 
davlat va jamoat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar ja-
vobgarlikka tortiladilar. Shu bilan birga o‘z nizomini ro‘yxatdan o‘tkazmagan 
jamoat birlashmalari ham jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunni buzsalar, 
javobgar bo‘ladilar.
Agar jamoat birlashmasi o‘z nizomida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va 
vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlarni 
sodir etsa, shu jamoat birlashmasining rahbar organi jamoat birlashmasi nizo-
mini ro‘yxatga olgan adliya organi yoki prokuror tomonidan yozma ravishda 
ogohlantirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-mod-
dasiga muvofiq, jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab 
yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi. Mahalliy 
jamoat birlashmalariga nisbatan bunday harakat tegishli viloyat, Toshkent sha-
har, tuman sudlari tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro jamoat birlashmalari, 
davlatlararo jamoat birlashmalarining bo‘limlari, viloyatlararo jamoat birlashma-
larining faoliyati esa respublika Bosh prokurori, O‘zbekiston Adliya vazirligi 
taqdimiga muvofiq O‘zbekiston Oliy sudi qarori bilan to‘xtatilishi mumkin. Bun-
day vaqtda Oliy sud qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lganidan so‘ng ko‘ppartiyaviylik 
muhiti vujudga keldi. Hozir O‘zbekistonda bir necha siyosiy partiyalar, ijtimoiy-
siyosiy harakatlar paydo bo‘ldi va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda. Xalq 
demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» 
demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi va O‘zbekiston 
yoshlari ittifoqi kabi tashkilotlar shular jumlasidandir.
1996-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar 
to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 1-moddasida siyosiy 
Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling