Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
164
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Ikkinchi yo‘nalish – davlat organlarining siyosiy tizimning boshqa bo‘g‘inlari hamda fuqarolik jamiyatining barcha institutlari bilan o‘zaro ham- korligi kengayib boradi. Jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etish- ga davlat organlari bilan bir qatorda siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, shu jumladan mahallalar keng jalb etiladi. Bunda jamoatchilik muhokamalari va jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazish, davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorlik- dagi jamoatchilik kengashlari (komissiyalari) tuzilishi va ular faoliyatini sama- rali yo‘lga qo‘yish tendensiyasi kengayadi. Uchinchi yo‘nalish – siyosiy tizim doirasida demokratik institutlarning kengayib borishi, davlat, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari hamkorligi- ning yangi shakllari paydo bo‘lishi, o‘z navbatida, ular faoliyat ko‘rsatishining qonunchilik va huquqiy bazasini shakllantirish, tegishli huquqiy mexanizm- larni vujudga keltirish va huquqiy amaliyotni monitoring qilish institutlari ken- gayishi tendensiyasi namoyon bo‘lishiga olib keladi. Shu tarzda siyosiy tizim doirasida demokratik hamkorlik, qonun ustuvor- ligi va adolat tamoyillari qaror topadi. 165 VIII bob. Huquqning mohiyati Huquq – insoniyat uzoq tarixiy tamad- duni mobaynida kashf etgan noyob ijtimoiy qadriyatlardan eng sarasi. U jamiyat taraq- qiyotining turli bosqichlarida o‘zining quyidagi boy jihatlari va qirralari bilan namoyon bo‘lib keladi: birinchidan, huquq – haqiqat, adolat mezoni; ikkinchi- dan, erkinlik me’yori; uchinchidan, tenglik timsoli va o‘lchovi; to‘rtinchidan, hokimiyat va jamiyat irodasining normativ ifodasi; beshinchidan, qat’iy tarti- bot tasdig‘i; oltinchidan, jamiyatdagi qonuniy manfaatlarni ta’minlash vosi- tasi; yettinchidan, barqarorlik va xavfsizlik kafolati; sakkizinchidan, zo‘rlik va tajovuzni cheklash vositasi (ba’zi tarixiy davrlarda ekspluatatsiyani, zo‘rlikni qonunlashtirish, ta’minlash vositasi); to‘qqizinchidan, davlat hamda jami- yat farovonligi yo‘lida (ba’zan totalitar ta’qib maqsadida) majburlash chorasi; o‘ninchidan, qonunbuzarni jazolash omili va boshqa ko‘plab fazilatlar hamda xususiyatlar bilan sifatlanadi. Huquq, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy-tarixiy zaruriyat tarzida, kishilar o‘rtasidagi muomalaning qat’iy (imperativ) mezoni, insoniy munosa- batlarni tartibga solish vositasi sifatida paydo bo‘lib, asrlar osha amal qilib kelmoqda. Huquqning sirli ichki olamini, murakkab serqirra tabiatini, benazir sa- lohiyati va imkoniyatlarini anglash, uning tub mohiyatiga yetib borish ser- mashaqqat ilmiy izlash, mushohada etish asosida amalga oshishi mumkin bo‘lgan murakkab aqliy-tahliliy faoliyatni talab etadi. Huquq haqidagi hozirga- cha mashhur nuqtayi nazarlarni umumlashtirib quyidagi xulosaga kelish mum- kin: huquq rasman teng va erkin subyektlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning tarixan qaror topgan, shakllangan mezoni, qonuniy me’yorlardan chetga chiqish davlat majburlovi vositalari bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan tartibotning normativ ifodasi. Huquqning mo‘jizaviy tabiatini, qat’iy tartibotli voqeligini anglash bora- sidagi insoniyatning intilishi, uning tub mohiyati sari yuksalib borish to‘laqonli ko‘p tarmoqli huquqshunoslik (yurisprudensiya) fani shakllanishiga olib keldi. Mazkur fan huquqiy mushohada, tahlil va tafakkurning mahsuli sifatida qa- tor ming yilliklar mobaynida huquq bilan muvoziy tarzda shakllanib hamda Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling