Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
partiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Siyosiy partiya qarashlar, qiziqishlar va
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
partiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Siyosiy partiya qarashlar, qiziqishlar va maqsadlarning mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ixtiyoriy birlashmasi- dir». Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ushbu qonunda, siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, ular faoliyatining kafolatlari, ularni 163 VII bob. Jamiyatning siyosiy tizimi va davlat tuzish tartibi, nizomi, ro‘yxatga olish, faoliyatini to‘xtatish tartibi, ularning huquqlari, vakillik organlaridagi partiya fraksiyalari, guruhlarining maqsadi, vazifalari to‘liq ko‘rsatib berilgan. O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat siyosiy partiyalar va jamoat bir- lashmalariga katta mas’uliyat yuklaydi. Bunday mas’uliyatning asosiy negizi har qanday jamoat birlashmasi oldiga qo‘yilgan yagona maqsadni, ya’ni bo- zor munosabatlariga o‘tish jarayonida har bir fuqaroning ijtimoiy himoyalan- gan bo‘lishi, ularning davlat va jamiyatni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Jamoat birlashmalari respublikada amal- ga oshirilayotgan islohotlarni o‘z a’zolari ishtirokida tahlil qilishlari va ularga nisbatan o‘zlarining fikrlarini bildirishlari, islohotlar natijasida o‘z oldilarida turgan vazifalarni aniqlab olishlari hamda barcha a’zolarini ularni bajarishga jalb etishlari lozim. Bu, o‘z navbatida, jamiyatdagi barcha kuchlarni yagona maqsad – O‘zbekistonning yuksak taraqqiyoti, har bir fuqaroning tinch-totuv va farovon hayot kechirishi yo‘lida birlashtiradi. Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida mamlakat siyosiy tizimining, shu jumladan, davlatning demokratlashuvi tendensiyasi kuchayadi. Bir tomon- dan, siyosiy tizimning barcha tarkibiy bo‘g‘inlari faoliyatining xalq omma- sining ishtiroki, daxldorligi kuchayadi (kengayadi), ikkinchi tomondan, davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi, ijtimoiy sherikchiligi rivoj topadi. Bu borada davlat xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilot sifatida quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini faollashtiradi: Birinchi yo‘nalish – davlat organlari o‘z faoliyatini oshkoralik va ochiqlik muhitida amalga oshira borib, jamiyatni o‘z faoliyatining asosiy mazmunidan muntazam xabardor etib boradi. Davlat organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlash mexanizmlari rivoj topadi. Davlat or- ganlarining parlament va xalq oldida hisobot berish institutlari vujudga ke- ladi. Jumladan, Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi: «Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, hokimlar ham o‘z faoliyati yakun- lari bo‘yicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning ishiga baho beriladi» 1 , shuningdek, «2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi» 2 . 1 Qarang: Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T., 2017. – 17-bet. 2 O‘sha manba, 18-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling