Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
158
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ustunlikka ega. U suverenitetga ega bo‘lgan holda, o‘zini o‘zi tashkil etadi va umummajburiy xulq-atvor qoidalari (qonunlar) qabul qiladi. Davlat qonunlar chiqarish orqali siyosiy tizimga kiruvchi barcha tashkilot, muassasa, birlash- malarning huquqiy maqomini belgilab beradi. Shunday qilib, davlat jamiyat siyosiy tizimida alohida o‘rin egallaydi va undagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan jamoat birlashmalarining huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgi- lanadi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublika- sining jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarda jamoat birlashmalarining huquqlari, ularning maqsadlari, ish faoliyatining shakllari, tuzilish tartibi mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘zlarining davlat va jamiyat ishlarida qatnashish huquqini jamoat birlashmalariga uyushgan holda amalga oshiradilar. Jamoat birlashmalarining faoliyati juda keng sohalarni o‘z ichiga oladi. Ularning huquqlari, har bir jamoat birlashmasining nizomi va boshqa huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan. Jamoat birlashmalarining nizomlari davlat tomonidan ro‘yxatga olinadi. Nizomlarni ro‘yxatga olish tartibi jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunning 11-moddasida ko‘rsatilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro jamoat tashkilotlari, respublika viloyatlararo birlashmalarining nizom- lari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olinadi. Viloyat, tuman, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va undan ortiq tuman, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga oshiradi- gan jamoat birlashmalarining nizomlari esa, viloyat adliya boshqarmalarida ro‘yxatga olinadi. Jamoat birlashmalari, ularning nizomlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab, o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar va yuridik shaxs deb tan olinadilar. Jamoat birlashmalari nizomlarida, dasturiy va boshqa hujjatlarida belgilangan maqsadlar, vazifalarni amalga oshirish uchun o‘z maqsadlari va faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatadilar, qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda esa: – davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini shakllantirishda qatna- shadilar; Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling