Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


«Siyosat» yunoncha «politikos»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

«Siyosat» yunoncha «politikos» so‘zidan olingan bo‘lib, «davlatni 
boshqarish san’ati», «davlat ishlari» degan ma’noni bildiradi. Qadim yunon fay-
lasufi Demokritning fikricha, «siyosat – bu davlatni idora etish, boshqarish 
mahoratidir». Bu fikrni davom ettirib Platon (Aflotun) siyosatni hukmdorning 
san’ati sifatida, ya’ni shoxning odamlarni (jamiyatni) boshqarish sohasidagi 
bilimi va qobiliyati sifatida ta’riflaydi. Siyosiy san’atning mohiyati davlatning 
umumiy hayotini oqilona tashkil etish va olib borish, siyosiy «matoni» to‘qish 
mahoratida namoyon bo‘ladi. 
Bugungi kunda siyosat – davlat ishlarida ishtirok etish, davlatni yo‘naltirib 
turish, uning shakli, vazifalari, faoliyati va mazmunining belgilanishi (ifo-
dalanishi) deb talqin qilinadi. Siyosat – turli ijtimoiy guruhlarning davlat ho-

Qarang: Karimov I.А. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. – T., 1999. – 380-bet.


148
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
kimiyatiga nisbatan bo‘ladigan munosabatining ifodasidir. Ingliz siyosatshunos 
olimlari G. Ponton va P. Djill siyosatni uch jihatning mushtarak birligi: 
1) kishilarning ijtimoiy masalalarni tushunish va hal etish usullari; 
2) bu faoliyat asosida yotuvchi pritsiplar; 
3) ayrim shaxs yoki guruhning vaziyat ustidan nazoratni qo‘lga kiritish 
va uni saqlab qolish vositasi tarzida izohlaydilar.
G‘arb siyosatshunosligida keng tarqalgan nuqtayi nazarga ko‘ra, siyosat – 
jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlarini murosaga keltirish, 
uyg‘unlashtirish asosida oqilona qaror qabul qila olish qobiliyatidir.
Siyosat xususida umumiy tushunchaga ega bo‘lgach, endi tizim (siste-
ma) nimaligi haqida mulohaza yuritishga o‘tamiz. Sistema mazmunan bir 
toifadagi hodisalar, institutlar va elementlarning yagonaligi, bir butunligidir. 
Sistemaning muhim jihati – unda strukturaviy xususiyatning borligi, ya’ni 
voqelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali 
bo‘ysunish mavjudligi hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligi
1
. Sistemaning 
mazkur sifatlariga e’tibor qaratishimizning boisi siyosiy tizim tarkibiga kiruvchi 
qismlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik mavjud ekanligini chuqur tushunish va 
ular o‘rtasidagi munosabatlarning chambarchas bog‘liqligi va dialektikasiga 
e’tiborni jalb etishdir. 
«Siyosiy tizim» ijtimoiy tizimning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, jami-
yatda hokimiyat va boshqaruvni shakllantirish hamda ro‘yobga chiqarish bilan 
bog‘liq munosabatlar, harakatlar yig‘indisidir.
Siyosiy tizimning asosiy tarkibiy bo‘g‘inini, o‘zagini 
davlat tashkil etadi. 
Davlat siyosatni shakllantiruvchi, amalga oshiruvchi va jamiyatni boshqaruv-
chi muhim zarur tashkiliy tuzilmadir. Davlat siyosiy tizimga kiruvchi barcha 
elementlarni bahamjihat etuvchi, ularning harakatiga (faoliyatiga) siyosiy maz-
mun bag‘ishlovchi, sistema hosil qiluvchi bo‘g‘indir. Siyosiy tizimning vazifa va 
funksiyalarini ado etishda davlat nihoyatda muhim o‘rin tutadi. 
Siyosiy tizim barqarorligini ta’minlash uchun siyosiy hayot ishtirokchi-
lari manfaatlarini, ular o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hisobga 
olish zarur. Buning uchun esa, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy qatlamlar, gu-
ruhlar, kuchlar, shuningdek tashkilotlar va harakatlarning manfaatlarini 
muvofiqlashtirish lozim. Bu vazifani O‘zbekistondagi islohotlar sharoitida 
siyosiy tizimning asosiy elementi hamda bosh islohotchi bo‘lgan – davlat 
bajarmoqda.
Siyosiy tizimni jamiyatdagi boshqa ijtimoiy tizimlardan farqi quyidagi-
larda ifodalanadi:

Qarang: Блауберг И.В., Юдин Б.Г. Понятие целостности и его роль в научном познании. – М., 
1972. – 16-bet; Афанасьев В.Г. Системность и общество. – М., 1980. – 21–31-betlar.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling