Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

141
VI bob.
 Davlat mеxanizmi
(apparati)
birgina muassasa tomonidan qonunsiz ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya 
qilinishi)ni bartaraf etadilar. Masalan, qonun doirasida ishlashi lozim bo‘lgan 
ijro etuvchi hokimiyat, ayni paytda, qonun chiqaruvchi kengashning faoliyatini 
chegaralab turishi talab etiladi, aks holda parlament o‘zining mutlaq hokim-
ligini o‘rnatishi mumkin. Shu sababli ham ijro hokimiyatining boshlig‘i qo-
nunlarni imzolashda «veto» (ya’ni, vaqtincha rad etish) huquqidan foydalanadi
qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘ladi.
O‘z navbatida, qonun chiqaruvchi organ qonunlarning ijro etuvchi organ 
tomonidan qanday bajarilayotganligi ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega, 
hukumat esa, parlamentga hisob berishga majbur.
Hokimiyatning turli tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro munosabat masalasiga 
chuqurroq kirib borar ekanmiz, unda Monteskyening qarashlari Lokkning 
g‘oyalaridan farq qilishini ko‘ramiz. Hokimiyatlarning uzviy aloqadorligini tan 
olish bilan birga, Lokk qonun chiqaruvchi hokimiyat ijro etuvchi hokimiyatdan 
ustun turishini ta’kidlaydi. Monteskye esa ularning to‘la tengligi, mustaqil-
ligi, hatto alohidaligini yoqlab chiqadi. Bundan hokimiyatlar mutlaqo cheklan-
magan degan ma’no chiqmaydi. Aksincha, hech bir hokimiyat idorasi boshqa-
sining vakolatlari doirasiga aralashmaydi. Har bir hokimiyat o‘z himoyasi nuqtayi 
nazaridan o‘zga hokimiyatni nazorat qiladi, cheklab turadi, vakolatlaridan chetga 
chiqishga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda hokimiyatlarni ta’minlashning tartibi, vositalari 
(mexanizmi) vujudga keltiriladi.
Hokimiyatlarning eng maqbul taqsimlanishi «o‘zaro tiyib turish va qara-
ma-qarshi ta’sir etish sistemasi» yordamida ta’minlanadi. Mazkur sistema bi-
ron-bir hokimiyat organining mutlaq avtoritar mavqega ega bo‘lishiga, huquqni 
va konstitutsiyani poymol etishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Monteskye kashf etgan «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish 
sistemasi», ya’ni hokimiyat tarmoqlarini muvozanatda ushlash va hatto, qara-
ma-qarshi qo‘yish sistemasi davlat organlarining samarali hamkorlik qilishiga 
sharoit yarata olmaydi, – deb yozadi rus olimi A. Barnashov.
Monteskyening sxemasi «uch hokimiyat» orasida birining ustun bo‘lishini 
inkor etadi. Bu ta’limot, avvalo, hokimiyatlar taqsimlanishiga tashkiliy-huquqiy 
yondashuvni anglatadi.
Keyinchalik Monteskyening qarashlari burjuaziya mafkurachilari tomoni-
dan tanqidga uchragan. Xususan, buyuk fransuz olimi J.J. Russo ajralmas
yagona va bo‘linmas 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling