Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

143
VI bob.
 Davlat mеxanizmi
(apparati)
– qonun chiqaruvchi hokimiyat hech qanday sharoitda ijro etuvchi va sud 
hokimiyatini (yoki ulardan birini) amalga oshirmasligi lozim;
– ijroiya organlar hech qanday sharoitda qonun chiqaruvchi va sud ho-
kimiyatini (yoki ulardan birini) amalga oshirmasligi lozim;
– sud organlari hech qanday sharoitda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatni (yoki ulardan birini) amalga oshirmasligi lozim».
Hokimiyatlarning taqsimlanishi dunyoning hech bir mamlakatida, hatto 
ikki asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan AQSh da ham bunday radikal ko‘rinishda 
amalga oshirilgan emas. Bu uquvsizlik yoki istamaslik oqibati emas, balki 
jamiyatning real turmushini nazariy (mavhum mafkuraviy) qolipga solib 
bo‘lmasligi natijasidir. Lekin shunga qaramay parlament demokratiyasi rivoj 
topgan qator mamlakatlarda har bir hokimiyatning vakolat doirasi nisbatan 
mukammal belgilangan bo‘lib, unga boshqasi «bostirib» kirolmaydi. Faqat «bir-
biriga aloqador» masalalardagina, shunda ham qonun bilan belgilangan hol-
larda, turli hokimiyatlarning vakolatlari o‘zaro uyg‘unlashib ketishi mumkin. 
Ammo o‘z vakolatlari doirasida har bir hokimiyat mustaqil, o‘zaro teng va faqat 
qonunga itoat etadi.
1917–1991-yillar mobaynida Yer kurrasining oltidan bir qismiga teng 
hududda Sovet davlati hukm surganligi tarixiy hodisadir. U o‘ziga xos to-
talitar shakldagi davlat bo‘lib, «kommunistik» mafkuraga amal qilar edi. 
Sovet huquqshunoslik fani yetmish yil davomida hokimiyatlar taqsimlanishi 
to‘g‘risidagi mumtoz nazariyaning «oqilona mag‘zini», uning ilmiy va amaliy 
ahamiyatini inkor etib, xaspo‘shlab keldi.
Totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tuzumining barbod bo‘lishi oqibatida 
sobiq Sovet Ittifoqi vayronalarida bir qator yangi suveren davlatlar vujudga 
keldi. Sobiq Ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka erishish jarayoni de-
mokratlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va 
erkinliklari ustuvorligini tan olish, qonunning (huquqning) ustunligi, huquqiy 
davlat yaratish shiori ostida amalga oshdi. Yosh mustaqil davlatlarning 
shakllanishi jarayonlarida turli g‘oyalar va konsepsiyalarning paydo bo‘lishi 
tabiiy bir holdir. Shular jumlasidan hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasi ham 
keng tarqaldi. Bundan kutilgan maqsad – hokimiyatning suiiste’mol qilinishi, 
byurokratizm va siyosiy hayotdagi boshboshdoqlikdan saqlanishdan iborat. Ho-
kimiyatlar taqsimlanishi prinsipi deyarli barcha respublikalarning yangi konsti-
tutsiyalarida davlat tuzumining huquqiy asosi sifatida mustahkamlangan.
Konstitutsiyaviy qonunchilik sohasida bunday o‘ta mas’uliyatli qarorga 
kelinishi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Gap siyosiy mexanizmlarning oddiygi-
na o‘zgarishi haqida emas, balki davlat qurilishining «demokratik» shakllari 
haqida jamiyatdagi chuqur singib ketgan eski stereotip (qolip)larning tubdan 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling