Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
rg
a n la ri n in g t u rl a ri Ho k im iy a t ta q sim la n is h iga k o‘ ra sudlov qonun chiqaruvchi ijro etuvchi Q a ro r q a bul q il is h тa rt ib iga k o‘ ra yakka tartibda kollegial K eli b c h iq is h хu su si y a ti g a k o‘ ra hosila birlamchi Ho k im iy at v a k ol at i ha jm ig a k o‘ ra mahalliy oliy V a k o la t t ur iga k o‘ ra maхsus vakolatli umumiy vakolatli D a vl at o rg a n la ri ni n g t a snif i 140 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi uning mustaqil va bir butun siyosiy-huquqiy ta’limot sifatida shakllanishi XVII–XVIII asrdagi burjua inqiloblari davriga to‘g‘ri keldi. Davlat organlari faoliyatining (vakolatlarining) chegaralanishi g‘oyasi eng umumiy ko‘rinishda antik davr donishmandlari – Platon, Aristotel, Polibiy, Likurg va boshqalar tomonidan ifoda etilgan. Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasi «klassik» shaklining an’anaviy asoschilari Jon Lokk va Sharl Lui Monteskyedir. Hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va federal turlarga bo‘linishi, Lokkning fikricha, inson huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biridir. Bunda «barcha qo- nun chiqaruvchi hokimiyatga itoat etadi, chunki u qonunlarni o‘rnata oladigan eng oliy organdir». Lokk sud hokimiyatini alohida e’tirof etmagan, sababi uni ijroiya hokimiyatning tarkibiy qismi deb hisoblagan. Bu borada buyuk fransuz tarixchisi va faylasufi Sharl Monteskyening xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. U «hokimiyatlar taqsimlanishi» deb nom olgan bir butun tugal ta’limotni yaratgan. Olimning xulosasiga ko‘ra, adolat- li qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki, aksincha, bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘lishi shart. Ularning har qanday ko‘rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqa- ruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti no- haqlik qurboniga aylanishi mumkin. O‘z o‘tmishdoshlari singari Monteskye ham boshqaruvning samarali bo‘lishi uchun davlat faoliyati sohasida odilona «mehnat taqsimoti» zarur, deb ta’kidlagan. U uchta hokimiyatning har biri o‘z faoliyatining xususiyatiga mu- vofiq, alohida mustaqil organ tomonidan amalga oshirilgani ma’qul, degan. Ayni vaqtda, donishmand davlat organlari tizimi, ular o‘rtasidagi aloqalar tabiati, o‘zboshimchalikni cheklash va inson erkinligini ta’minlash maqsadida ularning o‘zaro hamkorligi hamda bir-birini «tiyib turish» munosabatlarini tahlil qilishda davom etgan. Bu o‘rinda hokimiyatlar mustaqilligi va ularni amalga oshiruvchi organlarning mustaqilligi, bir-birining faoliyatiga aralashmasligi o‘ta muhimdir. Monteskye ta’limotida alohida o‘rin tutadigan g‘oya – hokimiyatlarning muvozanati, tengligi hamda ularning «o‘zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etish sistemasi» haqidagi g‘oyadir. Yuqorida zikr etilgan hokimiyatlar o‘rtasida shunday munosabat o‘rnatilmog‘i lozimki, bunda ularning har biri davlat vazifalarini mustaqil o‘tash bilan birgalikda, o‘z huquqiy vositalari yor- damida bir-birlarini muvozanatda ushlab turadilar, hokimiyat vakolatlarining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling