Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

136
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
sudi raisini lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi. O‘z navbatida, Kengash Prezident 
bilan kelishilgan holda harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari 
sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarini hamda sudyalarini mus-
taqil ravishda lavozimga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi maj-
lisi (2017-yil 28–29-mart) «Sudlar to‘g‘risida»Qonun, Fuqarolik protsessual 
va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini 
ma’qulladi. Bu bilan yangi tuzilayotgan ma’muriy va iqtisodiy sudlar faoli-
yatining tegishli huquqiy bazasi yaratildi. Iqtisodiy sudlar tashkil etilishi mu-
nosabati bilan «Sudlar to‘g‘risida»gi qonundan xo‘jalik sudlarining faoliyatini 
tartibga soluvchi normalar chiqarib tashlandi. Okrug harbiy sudlari va Harbiy 
hay’atlar tugatildi. Oliy sud tuzilmasiga ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha 
hay’atlar kiritildi.
Qonun sudya lavozimiga birinchi marta saylanganda besh yillik muddat-
ni, navbatdagi marta saylanganda o‘n yillik muddatni va sudyalik lavozimida 
bo‘lishning muddatsiz davrini belgilash, ayni bir sudda sudyalik (raislik) lavozimini 
surunkasiga ikki muddatdan ortiq egallash mumkin emasligini nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi – barcha normativ-huquqiy 
hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladi. U siyosat va huquq 
sohalaridagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o‘rinbosari 
va sudyalaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilidan iborat 
tarkibda saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy 
sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, sha-
har, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning faoliyati ustidan nazorat 
olib boradi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va bajarilishi 
barcha uchun majburiydir.
Prokuratura organlari. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning 
aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining 
Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘sunuvchi prokurorlar barcha 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat nazorati idoralari, hokim-
lar, shuningdek, kimning tasarrufida bo‘lishidan va mulkchilik shaklidan qat’i 
nazar, muassasalar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxs-
lar, fuqarolarning qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni 
amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev 2017-yilning 7-yan-
varida mamlakatimizda prokuratura organlari xodimlari kuni ilk bor bayram 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling