Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
135
VI bob. Davlat mеxanizmi (apparati) birlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda quyidagilar ta’kidlandi: Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilo- na taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yuritu- vini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozim- lariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kengash) tashkil etilsin 1 . Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini tayyorlab, parlamentga kiritilishi belgilandi. Bu Qonun 2017-yil 28-martda qabul qilindi, ya’ni Senat tomonidan ma’qullandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud- huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi va yuqorida qayd etilgan 2017-yil 21-fevraldagi farmonga muvofiq, 2017-yil 28-martda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinib, Asosiy qonunning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga tegishli tuzatishlar kiritildi 2 . Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq, sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzilishi belgilandi. Konstitutsiya 111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy maqomi aniq mustahkamlab qo‘yildi. U sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadi. Konstitutsiya 93-moddasi birinchi qismi 14-bandining yangi tahririga muvo- fiq, Prezident Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudyalari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy 1 Хalq so‘zi, 2017-yil 3-fevral. 2 Qarang: Хalq so‘zi, 2017-yil 29-mart. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling