Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat organlarining belgilari quyidagilardan iborat
130
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Davlat mexanizmining dastlabki va eng muhim tarkibiy elementi davlat organidir. Davlat organi — davlat funksiyala- rini bajarishda qatnashuvchi va buning uchun tegishli hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir. Davlat organlari bevosita davlat funksiyalarini amalga oshirishga qaratil- gan, o‘zaro bog‘liq va nisbiy mustaqil bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov organlari (tashkiliy tuzilmalar)ning hamkorlikda faoliyat yurituvchi yagona tizimidir. Mazkur organlar davlati apparatining bir qismi hisoblanib, davlat funksiyasini amalga oshiruvchi ma’lum davlat hokimiyati vakolatlariga ega bo‘lgan, bajarilishi majburiy huquqiy hujjatlar chiqaradigan, ma’lum tar- tibda tashkil etilgan idoralardir. Davlat organlari tuzilishi jihatidan alohida va mustaqil tashkilot ekanligi, doimiy personallar – davlat xizmatchilarining mavjudligi, faoliyatining moddiy-moliyaviy jihatdan barqaror ta’minlanganligi bilan ajralib turadi. Davlat organlarining belgilari quyidagilardan iborat: Operativ boshqaruvda bo‘lgan ommaviy mulkka ega va budjet to- monidan moliyalashtiriladi. Davlat organlari o‘z vakolatini amalga oshirish uchun moddiy mablag‘ bilan ta’minlanadi. Shuningdek, moliyaviy qimmat- liklar, bankdagi hisob raqami, budjet hisobidan moliyalanish manbayiga ega bo‘lishi shular jumlasidandir. Masalan, barcha vazirliklar o‘zining bank- dagi shaxsiy hisob raqamiga ega hamda tegishli davlat xizmatchilariga maosh to‘lash, ularning xizmat faoliyati uchun zarur texnik vositalar va boshqa jihozlar sotib olish uchun davlat budjetidan doimiy ravishda moli- yaviy mablag‘lar ajratiladi. Davlat nomidan muayyan sohada uning vazifa va funksiyalarini amalga oshiradi. Davlat organlari jamiyat hayotining turli sohalarida faoli- yat yuritadi. Jumladan, davlatdagi huquqiy tartibotni ta’minlash sohasini Ichki ishlar vazirligi, prokuratura organlari amalga oshirsa, davlatning tashqi funk- siyalarini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, mamlakat mudofaasini esa, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa organ- lar amalga oshiradi. Hokimiyat vakolatlariga egaligi. Davlat organlari muayyan hokimiyat vakolatlariga egaligi bilan boshqa davlat muassasalari va tashkilotlaridan farq qiladi. Davlat organlari ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan hol- da qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydilar. Davlat tashkilotlari va muassasalari esa, bu kabi hokimiyat vakolatlariga ega emas. Tarkibiy tuzilishga egaligi. Davlat organlari xizmat turlari va tarkibiy miqdoriga ko‘ra muayyan tuzilishga ega. Masalan, ijro etuvchi hokimiyat or- Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling