Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
346
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi – huquqiy madaniyat (huquqiy ma’naviyat va tarbiyaning ifodasi); – qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi; – huquqning manbayi (qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar majmui). Yuqorida sanab ko‘rsatilgan huquqiy hodisalar yagona bir tizim hosil qilib, o‘zaro aloqadorliqda, munosabatda bo‘ladi. Har bir huquqiy institut (hodisa) qol- ganlarining mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bu tizimdagi bir elementning ha- rakatlanishi qolgan elementlarning harakatga kelishiga sabab bo‘ladi. Demak, jamiyatning huquqiy tizimi – muayyan makon va zamonda amal qilayot- gan huquqiy hodisalar, huquqiy prinsiplar, institutlar, normalar va huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o‘zaro uzviy bog‘liqligi hamda aloqa- dorligi bo‘lib, ularning maqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabat- larning yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi. Huquqiy tizim yaxlit hodisa bo‘lib, tarkibiy qismlarining o‘zaro ichki aloqadorligi, bog‘liqligi, mutanosibligi, izchilligi va barqarorligi bilan tavsiflanadi. Bayon etilgan tarkibiy qismlar huquqiy tizimning murakkab ijtimoiy hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash fikrni davlat va huquq nazari- yasiga oid darsliklarda ham ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, huquqiy tizimning asosiy qismlari sifatida quyidagilar alohida ajratib ko‘rsatiladi: 1) huquqiy tushunchalar; 2) huquqiy jarayonlar; 3) huquq prinsiplari; 4) huquqiy madaniyat; 5) huquqiy siyosat; 6) huquq va uni ifoda etuvchi qonunchilik; 7) huquqiy mu- nosabatlar; 8) yuridik amaliyot; 9) yuridik texnika; 10) yuridik fan. N.I. Matuzov esa, huquqiy tizimni murakkab, serqirra tushuncha ekan- ligini ta’kidlab, uni jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha yuridik hodisalar, huquqiy vositalar yig‘indisi sifatida ta’riflaydi 1 . Bundan shunday xulosa qilish mum- kinki, olim huquqiy tizim tarkibini barcha huquqiy hayot, huquqiy ustqurma elementlari bilan izohlaydi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, huquqiy tizim – murakkab ijtimoiy hodisa sifatida o‘z tarkibida mamlakatdagi mavjud barcha huquqiy voqeliklarni, ya’ni, huquqiy vositalar, hodisalar, institutlar, muassasa- lar, binobarin huquqiy hayotni aks ettiruvchi butun bir reallikni ifodalaydi. Huquqiy tizimning tarkibiy elementlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling