Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
39
II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi Davlat va huquq nazariyasi doirasida «jamiyat» fenomenini ilmiy o‘rganish va tahlil etishning o‘ziga xos ma’nosi va ahamiyati bor. Birinchidan, qadim jamiyatning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi sabablari hamda qonuniyatlarini ochish; ikkinchidan, hozirgi jamiyatning mohiyatini anglash, unda davlat va huquqning o‘rnini hamda rolini belgilash, zamonaviy jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va tendensiyalarini ochishdan iborat. Masalan, qadimgi jamiyat taraqqiyotida o‘zlashtiruvchi iqtisodiyotni va ne’mat yaratuvchi iqtisodiyotni farqlash mumkin. Davlatli uyushgan dastlabki jamiyat va zamonaviy jamiyatlar tahlilini industrial (sanoatlashgan) va postindustrial jamiyatlarga ajratib tahlil etish mumkin. Postindustrial jamiyat – ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichi. U fuqarolik jamiyati, axborotlashgan jamiyat tushunchalari bilan hamoxang. Ushbu ilmiy kategoriyalar mazmuni va xususiyatlarini keyingi boblarda bataf- sil bayon etamiz. Davlat va huquqning kelib chiqishi ma- salasi yurisprudensiyaning o‘ta dolzarb, ayni vaqtda, bahs-munozarali mavzusi bo‘lib hiso- blanadi. Ular paydo bo‘lishining yalpi qonuni- yatlari borasida olimlar o‘rtasida hamfikrlilik va yakdillik yo‘q. O‘z tabiatiga ko‘ra, davlat va huquq ijtimoiy – tarixiy kategoriyalardir. Davlat va huquq aynan jamiyat bag‘rida paydo bo‘lib, faqat jamiyat miqyosida faoliyat qilishi bois ular – ijtimoiy xususiyatga ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, davlat va huquq ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli sifatida jamiyat hayotini boshqarish, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish missiyasini bajaradi. Davlat va huquqning tarixiyligi shundaki, ular jamiyat evolyutsiyasining muayyan tarixiy bosqichida, ya’ni tegishli shart-sharoitlar yetilgan vaziyatda vujudga keladi. Insoniyat tarixida shunday davrlar bo‘lganki, unda davlat ham, huquq ham bo‘lmagan. Demak, bundan quyidagi metodologik ahamiyatga mo- lik xulosa chiqariladi: davlat va huquq jamiyatning doimiy mavjud bo‘lish ham- da yashash sharti emas. Kishilar bir qancha minglab yillar mobaynida davlat hokimiyatisiz va huquqiy tartibotsiz yashab kelganlar. Bu davr ibtijoiy jamoa tuzumi davri bo‘lgan. Davlat va huquqning kelib chiqishi sabablarini chuqur va atroflicha anglab yetish uchun ular shakllangan makon-zaminni, ya’ni ibtidoiy jamiyat tarixini o‘rganish, tahlil etish lozim. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling