Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari
Nazariy bilish (evristik) funksiyasi Mafkuraviy- tarbiyaviy funksiyasi Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari Оntologik funksiyasi Siyosiy funksiyasi Metodologik funksiyasi Тashkilotchilik funksiyasi Аmaliy tajriba funksiyasi Ilmiy bashorat qilish funksiyasi 36 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Insoniyat o‘z ibtidosini anglashga uz- luksiz jiddiy qiziqish bildirib keladi. Oqil mutafakkirlar jamiyatning tub mohiyatini bilishga, insonning jamiyatdagi o‘rni va ro- lini belgilashga, taraqqiyot mantig‘ini anglashga intilganlar. «Jamiyat» iborasi arabcha so‘z bo‘lib, jam bo‘lish, birlashish, umumiy (ijtimoiy) degan ma’nolarni ifodalaydi. Yer yuzida odamlar paydo bo‘lib, ular jamiyat tarzida birlashgunlarigacha juda uzoq tarixiy davrlar o‘tgan. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yer sayyorasi bun- dan to‘rt milliard yetti yuz million yil muqaddam Quyosh prototizimida paydo bo‘lgan. Materiyaning qonuniyatli o‘zgarishi va rivojlanishi natijasida 3-3,5 mlrd. yillar muqaddam Yer yuzida hayot paydo bo‘lib, biosfera rivojlana boshlagan.Uzoq tarixiy-tadrijiy rivojlanish oqibatida bundan 2 mln. yilcha avval inson (homo habilis) paydo bo‘ldi; Dastlabki odam tipi – neoandertal odam edi. Bugungi kundan qariyb 250 ming yillar muqaddam odamzotning karamanyon (kromanon) – yovvoyi odam tipi kelib chiqdi va u hozirdan 35-40 ming avval yillargacha mavjud bo‘ldi. 40 ming yillarcha muqaddam hozirgi ko‘rinishdagi, fikrlovchi, ya’ni aql ato etilgan inson (homo sapiens) paydo bo‘lgan. Inson- lar birgalashib turmush kechiradigan, jamiyatni hosil qilgan vaziyat (muhit) tarixan ancha keyin yuzaga kelgan. Sayyoramizdagi dastlabki davlat tuzil- malari, ilk davlatlar (masalan, Misopotamiyada Shumerlar davlati 7-8 ming, Qadimgi Misrda – 5-6 ming, Qadimgi Xitoy va Hindistonda 4,5-5 ming yil- lar avval) 5-8 ming yil ilgari vujudga kelganligini dalillovchi arxeologiya ma’lumotlari mavjud. Insonlarning onli hilqat ekanligi, mehnat qilishga qobilligi, ruhiy-fiziologik xususiyatlari va yuksak darajadagi uyushqoqligi tufayli jamiyatni hosil qiladi. Jamiyat insonlarning birlashuvi, ittifoqi, uyushmasi sifatida murakkab, serqirra ijtimoiy hodisadir. Jamiyat iborasi bir necha ma’nolarda qo‘llanadi: 1) kishilar- ning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsad hamda manfaatlari asosidagi birlashmalari, uyushmalari (mas., kitob sevarlar jamiyat, dehqon-so- hibkorlar jamiyati, bilim jamiyati, tabiat himoyachilari jamiyati, xususiy mulk- dorlar jamiyati va h.k.); 2) insoniyatning muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichi- Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling