Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Davlat va huquq nazariyasi tarix fani


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqador. 
Tarix jamiyatshunoslikka oid ijtimoiy fan hisoblanadi. U insoniyat madaniy va 
ma’naviy taraqqiyotining har xil tiplari va davrlarini, jamiyatning rivojlanish 
yo‘nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatning o‘tmishdan kelajak tomon 
yuksalib borish sabablari va mohiyatini tadqiq etadi. Muayyan xalqlar, davlat-
larning turli davrlardagi hayotining aniq shakllari va tajribasini, shuningdek 
huquqiy merosi va yodgorliklarini ham o‘rganadi. Lekin tarix fani uchun vaqt 
chegaralari muhimdir. U umumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlarni 
ochmaydi, ayni shu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar tizimida quyidagi 
xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy fanlar jumlasiga kiruvchi 
huquqshunoslikning tarkibiy qismidir. U huquqshunoslikka nisbatan xususiylik, 
boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan esa, alohidalik kasb etadi;
ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi ham boshqa ijtimoiy fanlar sin-
gari jamiyat ijtimoiy ehtiyojlarining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. U boshqa 
ijtimoiy fanlar bilan birgalikda davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va ja-
rayonlarni har tomonlama o‘rganadi, boshqa fanlarning metodlaridan, to‘plagan 
bilimlaridan foydalanadi. O‘z navbatida, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy 
fanlarni davlat va huquqqa oid aniq ma’lumotlar bilan ta’minlab, ularni nazariy 
va amaliy bilimlar bilan qurollantiradi;


32
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fani orqali dav-
lat va huquq bilan shug‘ullanayotgan har qanday ijtimoiy fan sohasining ilmiy 
tadqiqot mavzuidan munosib o‘rin egallaydi.
Davlat va huquq nazariyasining barcha ijtimoiy fanlar bilan aloqasi ikki 
tomonlama manfaatli xususiyat kasb etadi. Davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy 
fanlarning xulosalariga asoslangan holda xilma-xil falsafiy, tarixiy materiallarni 
umumlashtirib, davlat va huquqning vujudga kelishi sabablari, taraqqiyot bos-
qichlari, davlat va huquqning mohiyati, mazmuni va shakllarini ochib beradi. 
Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlarni takrorlamaydi, 
balki to‘ldiradi. Bu hol davlat va huquq nazariyasi o‘z mustaqil predmetiga va 
xususiyatlariga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bundan yana ham keng 
qamrovli xulosalar chiqarish mumkin. O‘zbekistonda davlatchilikning huqu-
qiy asoslari takomillashib borishi, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va 
erkinliklari, huquqiy ta’lim rivojlanib borgani sayin davlat va huquq nazariyasi 
hamda barcha ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik hamda hamkorlik kuchayib 
boraveradi.
Davlat va huquq nazariyasining sohaviy huquqiy fanlar bilan nisbati. 
Yuridik fanlar – ijtimoiy hodisa sifatida davlat va huquqning tushunchasi
mohiyati, tasnifi, kelib chiqishi, rivojlanishi va amal qilinishining umumiy va 
maxsus qonuniyatlari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlar tizimidir.
Barcha yuridik fanlar diqqat markazida davlat va huquq asosiy o‘rin egal-
laydi. Ayni paytda, har bir yuridik fan davlat va huquqning muayyan tomonla-
rini, muayyan jihatlarini o‘rganadi. Shuning uchun huquqshunoslik fanlarining 
har bir tarmog‘i o‘zining mustaqil predmetiga ega. Davlat va huquq nazari-
yasini barcha huquqiy fanlar bilan birgalikda o‘rganish bu fanning predmeti, 
ahamiyati va rolini yanada oydinlashtiradi. Barcha yuridik fanlarning ham 
o‘rganish sohasi va umumiy obyekti – davlat va huquqdir. Har bir sohaviy 
huquqshunoslik fani davlat va huquq masalasiga o‘ziga xos yondashadi, 
ularning har biri o‘zining tadqiqot obyekti va predmetiga ega. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling