Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi.
28
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Davlat va huquq nazariyasi fanini har tomonlama va mufassal tavsiflashda uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ij- timoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning faoliyati serqirra va turli-tuman bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat-siyosiy munosabatlarning obyekti sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Dav- lat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda boshqa fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlari, ilmiy xu- losa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy falsafa davlat va huquqni jamiyatning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Shu bois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi. Davlat va huquq nazariyasi fani falsafadan ijtimoiy, shu jumladan davlat- huquqiy hodisalarni bilishning metodologiyasi sifatida foydalanadi, falsafaning qoidalari va xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, aksincha to‘ldiradi. Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga mu- nosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa dav- lat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa, davlat va huquqning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash imkonini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyil- lari, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash usullari bilan boyitadi. Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa te- gishli voqea-hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda amaliy foydalanish, bir to- mondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifa- tida bayon qilish imkonini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazari- Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling