Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

28
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat va huquq nazariyasi fanini har 
tomonlama va mufassal tavsiflashda uning 
boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish 
muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ij-
timoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas 
bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat 
yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy 
fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning faoliyati serqirra va turli-tuman 
bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat-siyosiy munosabatlarning 
obyekti sifatida maydonga chiqadi. 
Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Dav-
lat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda 
boshqa fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlari, ilmiy xu-
losa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy 
fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan 
mustahkam aloqada bo‘ladi. 
Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat, jamiyat 
va tafakkur rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy falsafa 
davlat va huquqni jamiyatning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Shu bois, u 
davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida talqin 
etadi.
Davlat va huquq nazariyasi fani falsafadan ijtimoiy, shu jumladan davlat-
huquqiy hodisalarni bilishning metodologiyasi sifatida foydalanadi, falsafaning 
qoidalari va xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini 
aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Bunda falsafa bilan 
davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, aksincha to‘ldiradi.
Falsafa borliqning ongga, insonning uni o‘rab turgan atrof-muhitga mu-
nosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa dav-
lat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini 
aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa, davlat va huquqning barcha 
ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa 
davlat va huquqning mohiyatini aniqlash imkonini bersa, davlat va huquq 
nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyil-
lari, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash usullari bilan boyitadi.
Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa te-
gishli voqea-hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda amaliy foydalanish, 
bir to-
mondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan 
umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifa-
tida bayon qilish imkonini beradi; 
ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazari-

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling