Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6,22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi.
30
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Moddiy – iqtisodiy hayot va iqtisodiyot fani davlat va huquq nazariyasi o‘z predmetini o‘rganishda samarali ma’lumotlar va zaruriy bilimlar beradi. Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasining davlatning iqtisodiy funksiyasi, huquqning iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish haqidagi ilmiy xulosalari iqtisodiyot fanini boyitishga ko‘maklashadi. Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq nazariyasi sotsiologiya fani bilan ham o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi. Zero, sotsiologiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etib, jamiyat a’zolarining, xususan, turli jamoalar, aholi barcha qatlamlarining dav- lat, huquq, demokratiya va qonunga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini, ularning davlat va huquq to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini mavjud hayotni tahlil etish asosida o‘rganadi. Shunga ko‘ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazari- yasi fani uchun dastlabki amaliy (empirik) ma’lumotlarni to‘plab berish vazifa- sini bajaradi. Davlat va huquq nazariyasi esa, o‘z navbatida, sotsiologiya fani bergan ma’lumotlarni umumlashtirib, ulardan o‘ziga tegishli nazariy xulosalar chiqarishda foydalanadi. Sotsiologiya yagona tizim bo‘lmish jamiyat hamda u bilan aloqadorlikda o‘rganiladigan alohida ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy jarayonlar haqidagi fandir. Sotsiologiya jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Sotsiologiya o‘zining xulosalarida aniq hayotiy ma’lumotlarga, ijtimoiy tajribaga tayanadi. Barcha ijtimoiy hodisalar, jumladan, davlat va huquq ham sotsiologik tadqiqotlarning obyekti hisoblanadi. Sotsiologiya ham falsafa sin- gari, davlat va huquqni bilishning umumiy ilmiy vositadir. U davlat va huquq- ni o‘rganish asosida o‘zining predmetini chuqurlashtiradi va oydinlashtiradi. Bu borada sotsiologiya davlat va huquq nazariyasining qoida va xulosalaridan foydalanadi. Ma’lumki, davlat va huquq ijtimoiy muhitda mavjud, ularning mohiyati sotsium hayot-sharoitida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shu bois davlat va huquqqa sotsiologik yondashuvga qiziqish ortmoqda. Qolaversa, sotsiologiya bilan davlat va huquq nazariyasining hamkorligida huquq sotsiologiya- si, siyosat sotsiologiyasi, davlat sotsiologiyasi nomli alohida fan tarmoqlari shakllanib ajralib chiqmoqda va rivojlanmoqda. Download 6,22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling