Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasi.
Davlat va huquq
nazariyasining ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o‘rni hamda ahamiyati 4-§. 29 I bob. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti va mеtodi yasi fani to‘plagan bilimlar, ma’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochi- shi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun amaliy ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusini tahlil etish chog‘ida falsafaning «munosabat», «erkinlik», «jarayon», «funksiya», «butun va qism», «sistema», «evolyutsiya», «taraqqiyot», «aloqadorlik», «mohiyat», «shakl» kabi tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi 1 . Mazkur fanlar yaratadigan bilimlar o‘zaro bir-biriga singib ketadi. Davlat va huquq zohir bo‘lishining falsafiy talqini hozirgi davrda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Huquqshunoslik bilan falsafa hamkorligi zamirida «huquq falsafasi» degan yangi ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Davlat va huquq hodisalarini falsafa kategoriyalari va qonuniyatlari nuqtayi nazaridan talqin etish huquqshunoslik fani rivojida yangi ufq va marralar ochishi shubhasizdir 2 . Tabiiyki, davlat va huquq nazariyasi huquq falsafasi fani bilan ham o‘zaro uzviy hamkorlik qiladi. Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun poydevor bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa, falsafa shu jumladan, huquq falsafasi uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbayi vazifasini bajaradi. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasi. Iqtisodiy fan- lar ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkil etish, tad- birkorlik, mehnat, moliya, kredit kabi masalalarni o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasi esa, davlat va huquqni o‘zining asosiy predmeti deb hisoblaydi va ularning iqtisodiy funksiyalarini tahlil etadi. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasining o‘zaro aloqasi davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik bog‘liq ekanligi va ta’sirini aniqlashga imkon beradi. O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillarida barpo etilayotgan yangi jamiyat asoslangan tamoyillardan biri «iqtisodning siyosatdan ustunligidir». Bu tamoyil davlat va huquq sohasiga ham taalluqlidir. Ya’ni, davlat va huquqning mazmuni hamda mohiyati iqtisodiy munosabatlar tizimi, jamiyatning iqtisodiy tuzimi tomonidan belgilanadi. Bir tomondan, davlat va huquq iqtisodiy islo- hotlar amalga oshishini ta’minlaydi, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning rivoj topishi davlat hokimiyati va huquqning moddiy asosini mustahkamlab, ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi, boyitadi. Jamiyat taraqqiyotining ko‘p asrlik tajri- basi shundan guvohlik beradiki, iqtisodiyotning muayyan shakli(tipi)ga davlat va huquqiy tizimning shunga xos ma’lum shakli (tipi) (davlat va huquqning quldorlik, feodal, burjua yoki boshqa tipi) muvofiq keladi. 1 Qarang: Марченко М.Н. Теория государства и права. – М., 2008. – 28-bet. 2 Оdilqoriyev Х.T. Yuridik fanlarning ijtimoiy vazifasi va rivojlanish istiqbollari // Yuridik fanlarni rivojlantirishning dolzarb muammolari. – T., 2006. – 110-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling