31
I bob.
Davlat va huquq
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilan bog‘liqligi
har ikkala fanning ham bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiy tizimining muhim
elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan
tadqiq etishida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning
vujudga kelishi, rivojlanishi, amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini
o‘rgansa, siyosatshunoslik fani
davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog‘i, jami-
yatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni, ya’ni
siyosat nazari-
yasi va amaliyotini o‘rganadi. Ularning har ikkalasi bir predmet – davlat va
huquqni, davlatning ichki va tashqi
siyosatini har tomonlama, ayni vaqtda
turli jihatlarini o‘rganadi, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan bilimlar bilan
bir-birini to‘ldiradi. Pirovardida, siyosatshunoslik fani o‘zining keng qamrov-
liligiga ko‘ra, davlat va huquq nazariyasi fani
uchun muhim asoslardan biri
bo‘lib xizmat qiladi.
O‘z navbatida, siyosatshunoslik fani ham
davlat va huquq nazariyasi
to‘playdigan bilimlardan foydalanadi. Masalan, fanimizning «davlat», «davlat
mexanizmi», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy va davlat rejimlari», «siyosiy parti-
yalar faoliyatini huquqiy tartibga solish» tushunchalariga bergan ta’riflaridan
siyosatshunoslik fani ham keng bahramand bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: