Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlaт вa huquq nazariyasining metodlari Davlaт вa huquq nazariyasining metodlari Umumiy ilmiy metodlar Maхsus metodlar
Kibernetik metod – davlat va huquq hodisalarini o‘rganishda hozirgi
zamon texnikaviy vositalarini qo‘llab, huquqiy ma’lumotlar to‘plash, ularga ishlov berish va umumlashtirish usuli. Masalan, bu usul yordamida elektron hisoblash mashinalari, kompyuter, multimedia va boshqa texnika vositalarini qo‘llab, davlat va huquq funksiyalarining istalgan birontasini modellashtirish hamda shu asosda kelgusida ularning rivojlanishini bashorat qilish mumkin. «Kibernetika» yunoncha «boshqarish san’ati» demakdir. Davlat va huquqni o‘rganishda modellashtirish metodi bu voqeliklarning oqilona modelini yaratish- ga, davlat va huquqning harakatlanish mexanizmlari tuzilishiga mo‘ljallangan modelni joriy etishga, demokratik va huquqiy tartibga solish jarayonlarini zarur yo‘nalishda modellashtirishga ko‘maklashadi. Bu metod davlat va huquq naza- riyasi arsenalidagi tushuncha va kategoriyalarni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Davlaт вa huquq nazariyasining metodlari Davlaт вa huquq nazariyasining metodlari Umumiy ilmiy metodlar Maхsus metodlar Хususiy ilmiy metodlar dialektika metafizika tariхiy qiyosiy-huquqiy statistik- matematik ijtimoiy-tajriba mantiqiy sistemali- strukturali aniq-sotsiologik kibernetik 27 I bob. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti va mеtodi Ijtimoiy tajriba metodi – davlat va huquqqa oid biron-bir institutni, or- ganni, normani hayotga joriy etishdan avval ularni tajriba o‘tkazish yo‘li bilan sinab ko‘rish usuli. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida mahalliy darajadagi ma’muriy hududiy birliklarda (viloyat, shahar, tumanlarda) hokimlik lavozimini joriy etishdan avval 1991-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarori bilan Toshkent shahar hokimi lavozimi ta’sis etilib, bir yil mobaynida ijtimoiy-huquqiy tajriba – sinov o‘tkazildi. Toshkent shahar hokimi muvaqqat Nizom asosida faoliyat yuritdi. Tajriba natijalari umumlashtirilib, 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati organlarini isloh etish to‘g‘risida» gi qonun bilan respublikamizning barcha tuman, shahar va viloyatlarida hokim lavozimi joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martdagi «Dav- lat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi sinovi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqidagi Farmoyishi asosida shu yilning mart-dekabr oylarida Samar- qand va Buxoro viloyatlarida huquqiy eksperiment o‘tkazildi. Bunday eksperiment o‘tkazishdan maqsad: – qonun loyihasining davlat organlari faoliyatining ochiqligini, shaffofligini, ular faoliyati to‘g‘risidagi ax- borotdan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholi keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan qoidalari samaradorligini aniqlashdan iborat edi. Huquqiy eksperiment – huquqiy normalar samaradorligini oldindan (ularning loyihasini amaliyotda tekshirib ko‘rish asosida) baholashning eng maqbul vositasidir. Huquqiy eksperiment davomida qonun loyihasi dastlabki sinovdan o‘tkaziladi, uning tartibga solish ta’siri, ishlash mexanizmlari va sa- maradorligi tekshirib ko‘riladi, loyihaning yutug‘i va nuqsonlari aniqlanadi. Shu asosda uni yanada takomillashtirish mumkin bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda huquqiy eksperiment deganda – huquq (qonun)ni ijod etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan qonunchilikka kiritish mo‘ljallanayotgan bo‘lg‘usi yangi normalarni cheklangan masshtabda sinab ko‘rish asosida ularning samaradorligini, foydaliligini va iqtisodiy tejamliligini aniqlash, hamda o‘rnatiladigan huquqiy mezonlar (huquq ijodkorligi qarorlari) ning oqilona variantini ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv tadbiridir 1 . Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquq hodisalarini, ular bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganishga, bu muhim ijti- moiy-siyosiy institutlarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishga yo‘naltirilgan ilmiy usullar, yo‘llar, tamoyillar va vositalar majmuidir. 1 Qarang: Правовой эксперимент и совершенствование законодательства. – М., 1988. – 26-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling