Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Amaliy tajriba funksiyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Amaliy tajriba funksiyasi. Barcha yuridik fanlarda bo‘lgani singari 
davlat va huquq nazariyasi fanida ham nazariy bilimlar amaliy faoliyat bilan 
uzviy qo‘shib olib boriladi. Davlat va huquq nazariyasi fani ham amaliyotga 
yordam ko‘rsatadi. Jumladan, u davlat faoliyatini takomillashtirishga, qonun-
chilikni rivojlantirish va uni amalda qo‘llanish ishini yaxshilashga qaratilgan 
tavsiyalar ishlab chiqadi va hokazo. Yuridik amaliyotni nazariy jihatdan asos-
lash ham muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Mafkuraviy-tarbiyaviy funksiya. Davlat va huquq nazariyasi davlat 
va huquq to‘g‘risidagi g‘oyalarning ilmiy tizimidan iborat. U kishilarda muhim 
siyosiy va huquqiy, ya’ni demokratiya, qonunchilik, davlat intizomi, shaxsning 
huquqi hamda erkinliklari to‘g‘risida ilmiy tushunchalar, ta’limotlar, konseptual 
bilimlarni shakllantiradi.
Fanning mafkuraviy funksiyasi davlat va huquq masalalariga dialektik 
nuqtayi nazardan yondashishga, dunyoqarashning mustahkamlanishiga, shuning-
dek kishilar ongida yangi huquqiy ong, zamonaviy demokratik huquqiy tafak-
kur, huquqiy madaniyat va qonunchilikka hurmat hissini tarbiyalashga yordam 
beradi.
Davlat va huquq nazariyasi yuqoridagi funksiyalardan tashqari
siyosiy, 
tashkilotchilik, bashorat qilish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Demak, davlat 
va huquq nazariyasi quyidagi vazifalarni bajarishga ko‘maklashadi:


35
I bob.
 Davlat va huquq 
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
1) davlat va huquqning rivojlanish qonuniyatlarini va yo‘llarini ochib 
berish;
2) davlat organlarining faoliyati va tuzilishini takomillashtirish;
3) huquqni qo‘llash va qonunchilikni takomillashtirish, qonunlarni siste-
malashtirish va kodifikatsiyalash;
4) huquqni targ‘ib qilish, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga hurmat 
ruhida tarbiyalash va boshqalar.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling