Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari
Nazariy bilish 
(evristik) 
funksiyasi
Mafkuraviy-
tarbiyaviy 
funksiyasi
Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari
Оntologik 
funksiyasi
Siyosiy 
funksiyasi
Metodologik 
funksiyasi
Тashkilotchilik 
funksiyasi
Аmaliy tajriba 
funksiyasi
Ilmiy bashorat 
qilish funksiyasi


36
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Insoniyat o‘z ibtidosini anglashga uz-
luksiz jiddiy qiziqish bildirib keladi. Oqil 
mutafakkirlar jamiyatning tub mohiyatini 
bilishga, insonning jamiyatdagi o‘rni va ro-
lini belgilashga, taraqqiyot mantig‘ini anglashga intilganlar. «Jamiyat» iborasi 
arabcha so‘z bo‘lib, jam bo‘lish, birlashish, umumiy (ijtimoiy) degan ma’nolarni 
ifodalaydi.
Yer yuzida odamlar paydo bo‘lib, ular jamiyat tarzida birlashgunlarigacha 
juda uzoq tarixiy davrlar o‘tgan. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yer sayyorasi bun-
dan to‘rt milliard yetti yuz million yil muqaddam Quyosh prototizimida paydo 
bo‘lgan. Materiyaning qonuniyatli o‘zgarishi va rivojlanishi natijasida 
3-3,5 mlrd. yillar muqaddam Yer yuzida hayot paydo bo‘lib, biosfera rivojlana 
boshlagan.Uzoq tarixiy-tadrijiy rivojlanish oqibatida bundan 2 mln. yilcha avval 
inson (homo habilis) paydo bo‘ldi; Dastlabki odam tipi – neoandertal odam edi. 
Bugungi kundan qariyb 250 ming yillar muqaddam odamzotning 
karamanyon 
(kromanon) – yovvoyi odam tipi kelib chiqdi va u hozirdan 35-40 ming avval 
yillargacha mavjud bo‘ldi. 40 ming yillarcha muqaddam hozirgi ko‘rinishdagi, 
fikrlovchi, ya’ni aql ato etilgan inson (homo sapiens) paydo bo‘lgan. Inson-
lar birgalashib turmush kechiradigan, jamiyatni hosil qilgan vaziyat (muhit)
tarixan ancha keyin yuzaga kelgan. Sayyoramizdagi dastlabki davlat tuzil-
malari, ilk davlatlar (masalan, Misopotamiyada Shumerlar davlati 7-8 ming, 
Qadimgi Misrda – 5-6 ming, Qadimgi Xitoy va Hindistonda 4,5-5 ming yil-
lar avval) 5-8 ming yil ilgari vujudga kelganligini dalillovchi arxeologiya 
ma’lumotlari mavjud.
Insonlarning onli hilqat ekanligi, mehnat qilishga qobilligi, ruhiy-fiziologik 
xususiyatlari va yuksak darajadagi uyushqoqligi tufayli jamiyatni hosil qiladi. 
Jamiyat insonlarning birlashuvi, ittifoqi, uyushmasi sifatida murakkab, serqirra 
ijtimoiy hodisadir. Jamiyat iborasi bir necha ma’nolarda qo‘llanadi: 1) kishilar-
ning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsad hamda manfaatlari 
asosidagi birlashmalari, uyushmalari (mas., kitob sevarlar jamiyat, dehqon-so-
hibkorlar jamiyati, bilim jamiyati, tabiat himoyachilari jamiyati, xususiy mulk-
dorlar jamiyati va h.k.); 2) insoniyatning muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichi-

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling