Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


II bob. DAVLAT VA HUQUQNING


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

II bob. DAVLAT VA HUQUQNING
VUJUDGA KЕLISHI
Jamiyat tushunchasi, 
uning tuzilishi va 
davlat bilan aloqasi
1-§.


37
II bob.
 Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
dagi yaxlit uyushmasi (ibtidoiy jamiyat, feodal jamiyat, inson va shaxslarning 
muayyan mamlakat ko‘lamidagi uyushmasi va h.k.); 3) tabiatning bir bo‘lagi, 
borliqning alohida olingan shakli, ijtimoiy turmush kechirishning ifodasi tarzi-
dagi jamiyat.
Jamiyat mohiyatini ilmiy anglash, uning yaxlit ilmiy manzarasini yaratish 
insoniyat ma’naviy taraqqiyotining mislsiz yutug‘i hisoblanadi. Abu Ali ibn 
Sino jamiyatning paydo bo‘lishi kishilarning birdamlikka bo‘lgan tabiiy ehtiyo-
jidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy tengsizlik, tabiiy holat, mehnatning ijtimoiy 
taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotining manbayi ekanligini ta’kidladi. Abu Nasr 
Forobiy ma’rifatli, mas’uliyatli, fozil jamiyat siymosini targ‘ib qilgan. Abu Ray-
hon Beruniy jamiyat hayotida oila, mahalla, til va madaniyatning ahamiyatini 
ko‘rsatdi. Keyinchalik G‘arbiy Yevropalik G. Spenser, E. Dyurkgeym, M. Ve-
ber, V. Perato singarilar jamiyatni tabiiy – tarixiy jarayon, murakkab ijtimoiy 
tizim (sistema) sifatida tadqiq etdilar. Jamiyat haqidagi turli tarixiy davrlarda 
yaratilgan ta’limotlarda davr ruhi, jamiyatning madaniy-ma’naviy salohiyati, 
rivojlanish qonuniyatlari o‘z aksini topadi.
Jamiyat o‘ta murakkab, ko‘p qatlamli ijtimoiy tuzulma, sistemadir. U 
kishilarning oddiy jamlamasi emas, balki umumiy ehtiyoj uchun moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarish, mahsulotlarni taqsimlash va ayirboshlash, iste’mol 
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli tuman mulkiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy, 
huquqiy, oilaviy aloqalar, ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Demak, jamiyat – 
insonlarning oila, tabaqa, guruhlar o‘rtasidagi murakkab, jo‘shqin aloqalar, 
ijtimoiy ahamiyatga molik munosabatlar tizimi. Jamiyat odamlarning shunday 
uyushmasiki, unda irsiy qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar hukmronlik 
qiladi.
Falsafiy lug‘atlar talqiniga ko‘ra, jamiyat odamlar o‘rtasida vujudga 
keladigan axloqiy, diniy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa ijti-
moiy munosabatlarning, tarixan qaror topgan oila, axloq, din, davlat va shu 
kabi ijtimoiy institutlarning majmuasidir. Jamiyat hayotining barcha yuqori-
da sanalgan sohalari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularni boshqarish 
va rivojlantirishda davlat, partiyalar, turli jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi 
boshqaruv organlari muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatning axloqiy-ma’naviy salo-
hiyati, ijtimoiy-huquqiy saviyasiga muvofiq ravishda siyosiy boshqarish usuli 
shakllanadi va faoliyat yuritadi.
Umume’tirof etilgan ta’rifga ko‘ra, 
jamiyat – ijtimoiy taraqqiyot va ijti-
moiy munosabatlar mahsuli (mujmui). Uni bunday tahlil etish
birinchidan
unga tarixiy jihatdan yondashish (jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini farqlash); 
ikkinchidan, ijtimoiy hayot asosiy sohalarining o‘ziga xos (iqtisodiy, ma’naviy) 
xususiyatlarini aniqlash, 
uchinchidan, ijtimoiy munosabatlar subyektlari 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling