Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Ibtidoiy jamoa tuzumi – insoniyat tarixidagi eng birinchi ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumdir. Qadimgi jamiyat haqidagi ilmiy asoslantirilgan bilimlarni 
arxeologiya, etnografiya, tarix va boshqa fanlarning ma’lumotlari asosida olish 
Ibtidoiy jamiyat, 
uning tabiati va 
xususiyatlari
2-§.


40
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
mumkin. Ibtidoiy jamiyatni o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki ishonchli man-
balardan biri amerikalik qadimshunos, tarixchi va etnograf Luis Morganning 
1877-yilda nashr etilgan «Qadimgi jamiyat» asaridir. Olim qariyb qirq yil mo-
baynida shimoliy amerika hindu qabilalari orasida yashab, ularning ibtidoiy tu-
zum bosqichidagi hayot tarzini kuzatadi, tadqiq etadi va shu asosda o‘z kitobini 
yaratadi. Morganning mazkur asarini chuqur o‘rganish va unga qat’iy tayanish 
asosida, shuningdek qadimgi grek, german, galliy va boshqa qabilalar tarixiga 
oid manbalarga suyanib F.Engels «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqi-
shi» (1884-y.) asarini chop etadi. Ushbu va shu kabi boshqa manbalarda yozma 
tariximizdan burungi jamiyatning turmush tarzi, tabiati, xususiyatlari tiklandi 
va ochib berildi. Ularda ibtidoiy-jamoa tuzumi, kishilarning dastlabki uyushgan 
jamiyatining eng quyi bosqichidan yuqori bosqichigacha bo‘lgan harakatlanish 
jarayoni batafsil tahlil etilgan. Shuningdek, moddiy ne’matlarni yaratish, ishlab 
chiqarish usuli bu jamiyat rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatganligi bayon qilinadi. 
Moddiy noz-ne’matlar va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish har qanday 
kishilik jamiyati yashashining zaruriy shartidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqa-
rish va ularni taqsimlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar yig‘indisi 
jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Iqtisodiy tuzum esa jamiyatning 
boshqaruv tizimi mazmunini, dastlab ijtimoiy, keyinchalik siyosiy institutlar 
mohiyatini me’yoriy tartibga solish tabiatini belgilovchi asosiy omil sanaladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumining iqtisodiy munosabatlari asosini ishlab 
chiqarish qurol-vositalariga jamoaviy mulkchilik tashkil etgan. Yaratilgan, 
undirilgan, qo‘lga kiritilgan moddiy mahsulot va boyliklar teng taqsimlangan. 
Bunda, masalan, hayvon yoki baliq ovida jamoa a’zosining qanchalik shijoat 
ko‘rsatgani, hissa qo‘shgani taqsimot chog‘ida inobatga olinmagan. Bunday 
iqtisodiy zaminga qurilgan ibtidoiy jamiyatda kishilarning bir-birini talashi 
uchun, kamsitishi uchun o‘rin bo‘lmagan.
Mehnat va ov qurollari nihoyatda oddiy (primitiv) bo‘lgan. Odamlar te-
varak tabiatni ham, o‘zlarining shu tabiatdagi o‘rnini ham anglab yetmaganlar. 
Tabiat injiqliklari, stixiyalari qarshisida ojiz bo‘lganlar, ularga qarshi turish, 
bunday vaziyatda yashab qolish, turmush kechirish qiyinchiliklarini yengish 
uchun faqat birgalashib hayot kechirish, kuchlarni birlashtirish, uyushgan hol-
da mehnat qilish obyektiv zarurat bo‘lgan.
Qadimgi tarixni tadqiq qilgan mutaxassislar ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti 
jarayonini uch asosiy davrga: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizatsiya davrlariga 
bo‘ladilar.
Yovvoyilikning quyi bosqichi. Bu bosqichni «odamzotning go‘dakligi», 
deb ta’riflaydilar. Kishilar hali o‘zlarining dastlabki joylarida, tropik yoki sub-
tropik o‘rmonlarda yashaganlar. Ularning ovqatlari mevalar, yong‘oqlar, o‘simlik 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling