Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
42
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Tabiat ularni issiq va sovuqlardan asragan, tashnalik va ochlikdan qutqargan, turli-tuman ehtiyojlarini qondirgan. O‘zlashtiruvchi iqtisodiyot jamiyatida ayol- lar yetakchi mavqeni egallaganlar. Ayollar oziq-ovqatlarni saqlash, ovqat tayyorlash, oilani zarur maishiy yumushlar bilan ta’minlash, bola tarbiyasi kabi ishlar bilan shug‘ullanganlar. Erkaklar mehnat qurollari tayyorlashgan, ovchilik hamda oilaning himoyasi bilan shug‘ullanganlar. Turmushda ekzogamiya qaror topgan, ya’ni yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nikoh taqiqlangan. Ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot davrida mehnat qurollarining takomillashib borishi, o‘q-yoyning kashf etilishi natijasida jamiyatda yirik mehnat taqsimoti yuz bergan. Ovchilikdan dehqonchilik, so‘ngra hunarmandchilik ajralib chiqqan. Qadimgi odamlar jamoa bo‘lib, birgalikda yashashga moyil va majbur bo‘lganlar. Ularning turmush tarzi va o‘zaro munosabatlarini tasvirlab, Aflo- tun o‘zining «Qonunlar» asarida qadimgi odamlarning hayotni Afinalik suh- batdosh nomidan shunday izohlaydi: «Avvalo, u zamon odamlari bir-birlari- ni yaxshi ko‘rganlar va ayriliqlar tufayli bir-birlariga xayrixoh munosabatda bo‘lganlar; ovqatni ham bir-birlaridan qizg‘anmaganlar, chunki yaylovlar ko‘p bo‘lgan – ba’zilarida avvaliga kam bo‘lishi ehtimol, ularning ko‘pchiligi shu (chorvachilik) bilan kun ko‘rganlar. Ularda sut va go‘sht ham yetarli bo‘lgan; bundan tashqari ular ov bilan o‘zlariga yegulik topganlar. Ularda kiyim, yo- tish o‘rinlari (choyshab, to‘shak), uy-joy, kuydirilgan (kulolchilik buyumlari) va oddiy buyumlar bisyor bo‘lgan; …Juda kambag‘allar ham bo‘lmagani uchun kambag‘allik odamlarni bir-birlariga dushman bo‘lishlariga majbur qilmagan. Boshqa tomondan ular boy bo‘lib ham ketolmasdilar, chunki u vaqtlarda ularda oltin ham, kumush ham yo‘q edi» 1 . Ibtidoiy tuzum davri minglab yillar davom etgan. U davrlarda hali ishlab chiqarish, iqtisodiyot rivoji juda sekin va past darajada borishi bilan tavsiflanadi. Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy holati, xo‘jalik yuritish xususiyatlari uning ijtimoiy tuzilishiga (sotsial boshqariluv strukturasiga) va ma’naviy hayotiga, ij- timoiy hokimiyatning tabiatiga va sotsial normalarning mohiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligining aslo iloji yo‘q edi. Jamiyatning dastlabki quyi bo‘g‘ini, boshlang‘ich yacheykasi, uni boshqa- rishning birlamchi shakli urug‘ hisoblangan. Urug‘ – o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan yaqin kishilarning shaxsiy ittifoqidir. Urug‘ kishilari- ning bir-biriga qon jihatdan yaqin jamoasi bo‘lib, ular birlashgan tarzda turmush kechirib, hamjihatlikda ov qilganlar, xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Urug‘chilik tuzumining hayotida oilaning shakllanishi va evolyutsiyasi alohida rol o‘ynaganligini ta’kidlash lozim. Urug‘ ibtidoiy odam ajdod va av- 1 Аflotun. Qonunlar. Toshkent. «Yangi asr avlodi», 2002. – 75–76-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling