Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

45
II bob.
 Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
yozgan edi: «Sivilizatsiya davridagi politsiyaning eng razil xizmatchisi ham 
urug‘doshlik jamiyatining hamma organlarini birga qo‘shib olganda, ulardan 
ko‘ra ko‘proq «avtoritet» ega bo‘ladi; lekin sivilizatsiya davrining eng qudratli 
knyazi va eng buyuk davlat arbobi yoki lashkarboshisi eng kamtarin urug‘ 
oqsoqoli qozongan obro‘ni orzu qilsa bo‘ladi»
1
.
Urug‘ oqsoqollari va harbiy boshliqlari istalgan vaqtda umumiy yig‘ilish 
tomonidan almashtirilishi mumkin bo‘lgan, ular o‘z funksiyalarini urug‘ning 
nazorati ostida amalga oshirganlar. Urug‘ yig‘ilishining qarori uning hamma 
a’zolari uchun majburiy bo‘lgan.
Ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat ancha obro‘li, real va samarali 
boshqarishga qodir bo‘lgan. «U vaqtda odatlar hukmron bo‘lganini, obro‘, hur-
mat, urug‘ oqsoqollarining azm-ixtiyorlari borligini ko‘ramiz, bunday azm-ixti-
yor ba’zan xotinlarda bo‘lganini ko‘ramiz, lekin boshqalarni idora qilmoq uchun 
va idora qilish maqsadida, idora qilish manfaatlarini ko‘zlab majbur qiladigan 
ma’lum apparatga, zo‘rlaydigan apparatga sistematik va doimiy ravishda ega 
bo‘lib turish uchun ajralib chiqqan alohida turdagi kishilarni hech qayerda 
ko‘rmaymiz»
2
.
Ijtimoiy hokimiyat organlari va vakillarida jamoat fikridan boshqa hech 
qanday majburlash usuli bo‘lmagan. Kishilar jamiyatda amal qiladigan xulq-
atvor va yurish-turish qoidalariga so‘zsiz rioya qilganlar. Bordi-yu urf-odat, ax-
loq va din qoidalari buzilsa, bu holatni butun urug‘, uning yig‘ilishi muhokama 
qilardi. Qoidalarni buzgan kishini izza qilish, unga tanbeh berish, ogohlanti-
rish, urug‘dan quvib yuborish kabi jamoat ta’sir choralari qo‘llanilgan. Adabi-
yotlarda ko‘pchilik qabilalar ichida 
tabu – taqiqlov qoidalari bo‘lganligi e’tirof 
etiladi. Bu ibtidoiy tuzum uchun alohida ahamiyatli normalar tizimi hisoblan-
gan. Tabu aksariyat holda diniy asosdagi taqiq bo‘lib, ma’lum xatti-harakatga
predmetga, so‘zlarga va boshqalarga qo‘yilgan. Uni buzish ruhlar va xudolarning 
qahrini qo‘zg‘atadi, deb ayovsiz jazo qo‘llanishini nazarda tutgan.
Yuqorida keltirilgan fikrlar, ijtimoiy hokimiyatning xususiyatlari ibti-
doiy jamoa tuzumi davrida hokimiyat klassik shaklda bo‘lganligini, o‘z-o‘zini 
boshqarish va ibtidoiy demokratiya ko‘rinishida bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ibtidoiy 
tuzumda amal qilgan xulq-atvor va yurish-turish qoidalari yig‘indisi sotsial 
normalarni tashkil qilgan. Sotsial normalar turmushdagi, mehnatdagi va 
oiladagi munosabatlarni tartibga solgan, barcha urug‘ a’zolarining irodasini 
ifodalagan. Sotsial normalarga amal qilish odat bo‘lgan, ular ixtiyoriy bajaril-
gan.

Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar, II tom, O‘zdavnashr, 1959. – 350-bet.

Lenin V.I. To‘la asarlar to‘plami, 39-tom. – 79–80-betlar.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling