Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

39
II bob.
 Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
Davlat va huquq nazariyasi doirasida «jamiyat» fenomenini ilmiy o‘rganish 
va tahlil etishning o‘ziga xos ma’nosi va ahamiyati bor. Birinchidan, qadim 
jamiyatning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi sabablari hamda qonuniyatlarini 
ochish; ikkinchidan, hozirgi jamiyatning mohiyatini anglash, unda davlat va 
huquqning o‘rnini hamda rolini belgilash, zamonaviy jamiyat taraqqiyotining 
qonuniyatlari va tendensiyalarini ochishdan iborat. Masalan, qadimgi jamiyat 
taraqqiyotida o‘zlashtiruvchi iqtisodiyotni va ne’mat yaratuvchi iqtisodiyotni 
farqlash mumkin. Davlatli uyushgan dastlabki jamiyat va zamonaviy jamiyatlar 
tahlilini industrial (sanoatlashgan) va postindustrial jamiyatlarga ajratib tahlil 
etish mumkin. Postindustrial jamiyat – ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichi. 
U fuqarolik jamiyati, axborotlashgan jamiyat tushunchalari bilan hamoxang. 
Ushbu ilmiy kategoriyalar mazmuni va xususiyatlarini keyingi boblarda bataf-
sil bayon etamiz.
Davlat va huquqning kelib chiqishi ma-
salasi yurisprudensiyaning o‘ta dolzarb, ayni 
vaqtda, bahs-munozarali mavzusi bo‘lib hiso-
blanadi. Ular paydo bo‘lishining yalpi qonuni-
yatlari borasida olimlar o‘rtasida hamfikrlilik va yakdillik yo‘q. O‘z tabiatiga 
ko‘ra, davlat va huquq ijtimoiy – tarixiy kategoriyalardir. Davlat va huquq 
aynan jamiyat bag‘rida paydo bo‘lib, faqat jamiyat miqyosida faoliyat qilishi 
bois ular – ijtimoiy xususiyatga ega bo‘ladi. Boshqacha aytganda, davlat va 
huquq ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli sifatida jamiyat hayotini boshqarish
insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish missiyasini bajaradi.
Davlat va huquqning tarixiyligi shundaki, ular jamiyat evolyutsiyasining 
muayyan tarixiy bosqichida, ya’ni tegishli shart-sharoitlar yetilgan vaziyatda 
vujudga keladi. Insoniyat tarixida shunday davrlar bo‘lganki, unda davlat ham, 
huquq ham bo‘lmagan. Demak, bundan quyidagi metodologik ahamiyatga mo-
lik xulosa chiqariladi: davlat va huquq jamiyatning doimiy mavjud bo‘lish ham-
da yashash sharti emas. Kishilar bir qancha minglab yillar mobaynida davlat 
hokimiyatisiz va huquqiy tartibotsiz yashab kelganlar. Bu davr ibtijoiy jamoa 
tuzumi davri bo‘lgan.
Davlat va huquqning kelib chiqishi sabablarini chuqur va atroflicha 
anglab yetish uchun ular shakllangan makon-zaminni, ya’ni ibtidoiy jamiyat 
tarixini o‘rganish, tahlil etish lozim.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling