Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

38
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
(shaxs, oila, millat, davlat, sinflar va boshqalar)ning nomlarini ta’kidlash im-
konini beradi
1
. Demak, 
jamiyat insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, hamkor-
lik, ijtimoiy munosabatlar tizimi, umumiy turmush kechirishning muayyan 
tashkillashgan tarzi bo‘lib, uning mohiyati odamlar, ularning uyushmalari, 
birliklari o‘rtasidagi iqtisodiy, axloqiy, siyosiy, madaniy va boshqa turli-tuman 
munosabatlar mazmunidan iborat.
Davlat jamiyatdan ajralib chiqadigan uning bir bo‘lagi bo‘lib, jamiyatni 
boshqarish bilan mashg‘ul bo‘ladi. «Jamiyat va davlat nisbatini tavsiflagan hol-
da aytish mumkinki, tarixiy ma’noda davlat paydo bo‘lishi bilan jamiyat bami-
soli ikki qismga – davlat va boshqa, ya’ni nodavlat sohaga ajralgandek bo‘ladi, 
aynan shu ikkinchi qismni fuqarolik jamiyati deb atamoq lozim. Davlatni tarkib 
toptiruvchi jamiyatda, bir tomondan, davlat, ikkinchi tomondan, fuqarolik jami-
yati ajralib tursa, davlat va jamiyat nisbati masalasi, aslida fuqarolik jamiyati 
va uning siyosiy hokimiyati nisbati muammosiga aylanadi»
2
.
Jamiyat o‘z hayotini turli-tuman ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy institutlar faoli-
yatisiz tashkil etolmaydi. Bunday tashkilot (institut) va uyushmalarning mav-
judligi ijtimoiy munosabatlar turiga va umuman tizimiga barqarorlik baxsh 
etadi. Masalan, davlat jamiyatning muhim siyosiy instituti bo‘lib, asosan, siyo-
siy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, zarur vaziyatlarda iqtisodiy muno-
sabatlar ishtirokchisi sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat paydo bo‘lgunga 
qadar, ya’ni ibtidoiy jamiyatda ham o‘ziga xos institutlar, tashkiliy tuzilmalar 
bo‘lgan. Xususan, urug‘, qabila; ular tarkibida boshqaruv funksiyasini baja-
ruvchi ijtimoiy hokimiyat institutlari bo‘lgan (urug‘ yoki qabila oqsoqoli, ja-
moaning umumiy yig‘ini va h.k.). Jamiyat muayyan hokimiyatsiz boshqarilishi 
mumkin emas. Ijtimoiy hokimiyat shunday uyushgan (tashkillashgan) kuchki, 
u o‘z irodasiga o‘zgalarning, ya’ni urug‘, ijtimoiy guruh, jamoa ahlining iroda-
sini bo‘ysundiradi. Iroda har qanday ijtimoiy hokimiyatning mag‘zini, markaziy 
elementini tashkil etadi. Hokimiyat munosabatlarida bir tomonda – hukmron, 
ustun iroda, ikkinchi tomonda – bo‘ysunuvchi, tobe iroda mavjud bo‘ladi. 
Jamiyatni faqat iroda kuchi bilan birlashtirib, yo‘naltirib bo‘lmaydi. 
Kishilarni bir jamoaga, guruhga, qolaversa, yaxlit bir butun jamiyatga bir-
lashishiga sabab bo‘luvchi omil – bu yagona maqsad va manfaatdir. Aynan 
manfaatlar umumiyligi, ehtiyojlar mushtarakligi kishilarni bir jamiyat bo‘lib 
maydonga chiqishini va birgalikda turmush kechirishini ta’minlaydi.

Qarang: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 
1998. – 27–28-betlar; Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007, 60-bet.

Qarang: Раянов Ф.М. Проблемы теории государства и права (юриспруденция). – М., «Право и 
государство», 2003, – 83-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling