Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Aniq-sotsiologik metod – davlat va huquq masalalarini davlat idoralari 
faoliyati, davlat va jamiyat boshqaruvini huquqiy tartibga solish yo‘llarini real 
hayot bilan bog‘lab o‘rganish usulidir. Aniq – sotsiologik metodda quyida-
gi ilmiy-amaliy usullardan foydalaniladi: yozma yoki og‘zaki so‘rov (anketa) 

Qarang: Теория государства и права / Под ред. проф. Н.И. Матузова и А.В. Малько. – М.: 
Юристъ, 2000. – 26-bet.

Qarang: Saidov А., Tadjiхanov U. Davlat va huquq nazariyasi. 1-jild. Davlat nazariyasi. – T., 2001. 
27-bet.


25
I bob.
 Davlat va huquq 
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
o‘tkazish, jamoatchilik fikrini aniqlash va tahlil qilish, statistik ma’lumotlar va 
hujjatlarni (arxiv materiallarini) tahlil etish, kuzatuv olib borish, suhbat, tajriba 
o‘tkazish va boshqalar. 
Aniq-sotsiologik metodning ma’nosi shundaki, ilmiy tahlilning bu usu-
lida yuridik amaliyot, huquqiy hayotning muhim jihatlari, davlat va huquq 
institutlarining amal qilishi haqida haqqoniy ma’lumotlar (axborot) to‘plash, 
tahlil etish va qayta ishlash amalga oshiriladi. Olingan natijalar asosida dav-
lat-huquqiy voqelik xususida nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqariladi va 
tegishli amaliyotni takomillashtirishga oid qarorlar qabul qilinadi. Masalan, 
sud-huquqiy tizimda o‘tkazilayotgan islohotlarning samarasini aniqlash uchun 
aniq-sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish mumkin. Bunda sud amaliyoti, prokuror 
nazorati hamda tergov amaliyoti bo‘yicha statistik ma’lumotlar va arxiv ma-
teriallari o‘rganiladi, anketa so‘rovlari o‘tkaziladi, jamoatchilik fikri o‘rganiladi 
hamda ular matematik va kompyuter ishlovidan o‘tkazilib, hosil bo‘lgan ax-
borot asosida ilmiy asoslantirilgan xulosalar chiqariladi, zarur tavsiyalar ishlab 
chiqiladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling