Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy metod
23
I bob. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti va mеtodi Masalan, «ikki tasdiq fikrdan uchinchi yangi tasdiq fikr (xulosa) chiqa- di». «Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo‘lmaydi». Mantiq sillogizmlarining eng oddiylaridan birini davlat masalasiga qo‘llab, xulosa chiqarib ko‘raylik: a) demokratik davlatlarda vakillik hokimiyat idoralari saylov asosida shakllantiriladi; b) O‘zbekiston Respublikasida davlat vakillik idoralari saylov asosida shakllantiriladi; v) demak, O‘zbekiston Respublikasi demokratik davlatdir. Bunday tarzda chiqarilgan xulosa mantiqiy jihatdan ziddiyatsizdir. Tarixiy metod – davlat va huquqni tarixiy rivojlanish shart-sharoitlariga bog‘lab o‘rganish usuli bo‘lib, unda davlat va huquqning tavsifi va rivojlanish bosqichlari tarixiy xronolologik izchillikda, ketma-ketlikda o‘rganiladi. Ushbu o‘rinda davlat va huquqning tarixan vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularning tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlani- shi, o‘zgarishi va shakllanishiga ta’sir etgan omillarni ko‘rsatib berish, shu asosda davlat va huquqning bugungi holatiga baho berish hamda istiqboldagi evolyutsiyasini bashorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy metod vositasida davlat – huquqiy hodisalarga ikki nuqtayi nazardan yondashish mumkin: birinchidan, bu hodisalarning «vaqt o‘lchovida harakatlanish, o‘zgarish jarayoni»ni kuzatish, ikkinchidan, bu jarayonni «nazariy jihatdan anglash». Tarixiy yondashuv asosida tahlil yuritish umu- man abstrakt davlat va huquqni emas, balki konkret, aniq muayyan davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mohiyatini, tabiatini o‘rganish imkoniyatini beradi. Va nihoyat, davlat va huquqning nazariy jihatlarini tarixiy voqealar ham- da faktlar bilan bog‘lab o‘rganish puxta bilim olish garovidir. Davlat va huquq haqidagi turli-tuman fikrlar ichida o‘ralashib qolmaslik uchun ularning asosiy tarixiy bog‘lanishlarini unutmaslik lozim. Shu bois har bir masalaga tarixdagi ma’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday asosiy bosqichlardan o‘tganligi nuqtayi nazaridan qarab, bu hodisa hozirgi paytda qanday bo‘lib qolganligiga baho berish lozim. Bu metodologik talab davlat va huquq hodisalariga ham bevosita taalluqlidir. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling