Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Statistik-matematik metod


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Statistik-matematik metod – yuqoridagi aniq-sotsiologik metod bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, sud amaliyoti, huquqni muhofaza qilish organlari 
faoliyatiga oid amaliyot, boshqa davlat idoralari faoliyatidan kelib chiqadigan 
statistik ma’lumotlarni umumlashtirish orqali ijtimoiy taraqqiyotning hayotiy 
jarayonlarini xolis aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Huquqiy hodisalarni, 
muayyan tarixiy davrdagi matematik va geometrik holatlarni o‘rganish, tahlil 
etish ham ushbu metod doirasiga kiradi.
Statistika – bu raqamli hisob-kitob yuritish asosida ma’lumotlar to‘plash, 
ularni tahlil etish, baholash va mantiqiy-ilmiy xulosa chiqarish ilmidir. Bun-
da miqdoriy ko‘rsatkichlar ilmiy tahlilning obyekti hisoblanadi. Miqdoriy 
ma’lumotlar davlat va huquq hodisalari taraqqiyotining nisbiy barqaror tenden-
siyalarini o‘zida ifoda qilgani holda, ularning taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash 
va baholashga, strategik va taktik ahamiyatga molik jihatlarini aniqlashga 
yordam beradi. Raqamli ma’lumotlar davlat va huquqning holati, dinamikasi 
hamda rivojlanish tendensiyalarini obyektiv ifodalaydi. Qator holatlarda statis-
tik –matematik tadqiqotlar natijalari so‘z bilan anglashiladigan har qanday 
matn –ifodalardan ishonchliroq chiqadi. Bunday tadqiqotlar statistik kuzatuv
statistik ma’lumotlarni matematik usullar yordamida erkin ishlovdan o‘tkazish 
va ularni tahlil etish bosqichlari orqali amalga oshadi.
Statistik – matematik metod o‘zining ommaviyligi va takroriyligi bilan 
tavsiflanadigan davlat-huquqiy voqeliklarni, masalan, vakillik va bevosita de-
mokratiya shakllari: saylov hamda referendumlar natijasini hisoblash; huquq 
ijodkorligi va huquqni qo‘llash jarayonlarini, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning 


26
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
boshqa turlarini aniqlash hamda baholashda nihoyatda keng qo‘llaniladi. Davlat 
va huquq institutlarining holati va rivojlanishi haqidagi miqdoriy ko‘rsatkichlar 
tegishli sotsiologik tahlillar o‘tkazishda qo‘l keladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling