Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Sistemali-strukturali o‘rganish metodi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Sistemali-strukturali o‘rganish metodi – davlat va huquq nazariyasi, 
uning predmetini mustaqil ijtimoiy tizim (sistema) tarzida o‘rganish usuli. Bun-
da davlat va huquqni jamiyat hayotining boshqa hodisalari tizimida o‘rganish, 
ularning tuzilishini (strukturasini), davlat va huquq hodisalarini tashkil etuvchi 
tarkibiy elementlarini o‘rganish amalga oshiriladi. Bu metod tadqiq etilayotgan 
obyekt haqida to‘la va atroflicha bilim hosil qilishga yordam beradi.


24
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Sistemali-strukturali metod davlat qurilishi va huquq amal qilishini tizim-
li tahlil etishning metodologik yondashuvlari, usullari va prinsiplarini o‘z ichiga 
oladi. Davlat va huquqni tizimli tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 
1) sistema qismlarning bir butun kompleks o‘zaro aloqadorligi ekanligi; 
2) sistemaning tashqi muhit bilan uzviy birligi; 3) tahlil etilayotgan har qanday 
sistemaga o‘zidan yuqoriroq va kattaroq boshqa sistemaning tarkibiy elementi 
deb qaralishi; 4) o‘rganilayotgan sistemaning elementlari, odatda, quyi turuv-
chi, kichik sistemani hosil qilishi
1

Tarkibiy qismlarning (elementlarning) o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi 
fanimiz predmetini tashkil etuvchi «davlat apparati», «huquqiy tizim», «huquq 
normasi», «huquqiy munosabatlar», «huquq buzilishining yuridik tarkibi» kabi 
voqeliklar(institutlar) ning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) misolida namoyon 
bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, mazkur institutlarni sistemali-struk-
turali tahlil etish mumkin va lozim. Mazkur metoddan barcha davlat-huquqiy 
hodisalarni tadqiq etishda foydalanish mumkin. 
Qiyosiy-huquqiy metod – qiyoslash, taqqoslash, solishtirish orqali dav-
lat va huquq voqeliklarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlari va xususiyat-
larini aniqlab olish usuli. Masalan, O‘zbekistondagi ikki palatali parlamentning 
mohiyati, vakolatlari ko‘lami, xususiyatlarini aniqlash uchun dunyodagi boshqa 
davlatlar ikki palatali parlamentlarining huquqiy maqomi va vakolatlari bilan 
qiyoslanadi. Yoki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos ji-
hatlarini tushunib olish uchun uni boshqa davlatlarning konstitutsiyalari bilan 
solishtirib o‘rganiladi va hokazo. Qiyosiy-huquqiy usul yordamida davlat va 
huquqning nafaqat boshqa mamlakatlardagi analoglari (o‘xshash hodisalar) bi-
lan farqi aniqlandi, balki ularning o‘tmishdagi, avvalgi bosqichdagi holati bilan 
hozirgi kundagi holati qiyoslanib, qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. 
Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga 
xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat va huquq taraqqiyotining 
qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquq sohasidagi hodisalar va jarayonlarni 
o‘zaro solishtirish asosida ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga 
imkon beradi
2
.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling