Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy metod
22
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Davlat va huquq nazariyasi ish ko‘radigan umumiy metodlardan yana biri metafizikadir. «Metafizika» yunoncha so‘z bo‘lib, ma’nosi – «fizika keti- dan keladigan narsa» degani. U hozirgi paytda fanda «qotib qolgan fikr yuri- tish usuli» ma’nosida ishlatiladi. Ushbu metoddan foydalanib ilmiy izlanish olib boruvchilar davlat va huquq ilgaridan mavjud bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi, ular abadiy va o‘zgarmasdir, hech qanday boshqa ijtimoiy hodisalar bilan ichki aloqadorlikda emas, ular rivojlanishda emas, qanday bo‘lsa shun- dayligicha saqlanib qoladi, deb fikrlaydilar 1 . Metofizika sof ilmiy, ijodiy metod emas, u davlat va huquq hodisalarining tub mohiyatini ilmiy ravishda ochib berolmaydi. Davlat va huquq nazariyasining umumiy metodlari bilan bir qatorda uning mavzusini yoritishga yordam beruvchi maxsus va xususiy ilmiy metod- lari ham mavjud. Bu metodlar quyidagilardan iborat: mantiqiy metod, tarixiy metod, sistemali – strukturali o‘rganish metodi, qiyosiy-huquqiy metod, aniq- sotsiologik metod, statistik-matematik metod, kibernetika metodi, ijtimoiy-tajri- ba metodi va boshqalar. Mantiqiy metod – davlat va huquq hodisalarining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy shaklda, mavhumlashtirilgan tarzda, mantiq qonunlari aso- sida o‘rganish usulidir. U oqilona, asoslantirilgan (isbotlangan) va izchil xulosa chiqarishni nazarda tutadi. Mantiq (logika) eng umumiy tarzda ta’riflaganda, to‘g‘ri, haqqoniy ilmiy fikr yuritish, fikr yuritishdagi ichki uyg‘unlik va o‘zaro mutanosiblikdir. Man- tiq fikrning tuzilishini, turli fikrlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni, haqiqat bilimga erishishning shart-sharoitlari va qonun-qoidalarini o‘rganadi. Dialek- tik mantiq tafakkurning umumiy qonuniyatlarini tahlil etadi. U inson tafak- kurining «charxlanishi»ga ko‘maklashadi, uning izchil, ziddiyatlardan xoli va asos-e’tiborli bo‘lishini ta’minlaydi 2 . Demak, asosiy mantiqiy talablar – fikrni aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli, isbotli ifodalashdan iborat. Mantiqiy metod davlat va huquq voqeliklari haqida to‘g‘ri (haqqoniy) bilimlar hosil qilish, ularni yoqlab chiqish va asoslashda mantiq qonun- qoidalaridan foydalana bilishni o‘rgatadi. Shuningdek, mazkur metod turli fikrlarni mantiqiy tahlil qila olish, o‘z fikrini ixcham, lo‘nda va eng muhimi, ishonarli, asosli qilib bayon etish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ilmni mantiqiy usul va vositasida o‘rganishda avvalgi bilim (xulosa) keyingi bilim (xulosa) uchun asos bo‘ladi. Ilmiy-nazariy xulosalarni shakllantirishda mantiq sillo- gizmlariga tayanish lozim bo‘ladi. 1 Qarang: Davlat va huquq nazariyasi // professorlar H. Boboyev va H. Оdilqoriyevlarning umumiy tahriri ostida. – T., 2000. 12–13-betlar. 2 Falsafa: qomusiy lug‘at (mas’ul muharrir Q. Nazarov). – T., 2004. 220–221-betlat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling