Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
19
I bob. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti va mеtodi mohiyatiga oid belgilari tashkil etadi 1 . Boshqacha aytganda, davlat va huquq nazariyasining predmeti davlat va huquqning mohiyatini, xususiyat – belgi- larini ochish, ular namoyon bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini aniqlash- dan iborat. Davlat va huquq nazariyasining predmetidan kelib chiqib, uning tabiatini tavsiflash mumkin. Fanimizning tabiati serqirra va nihoyatda boy mazmunlidir. U ijtimoiy, yuridik, siyosiy, nazariy-metodologik, fundamental fan hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi avvalo ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. Chunki, u ijtimoiy tuzumni, jamiyat hayotida davlat va huquqning o‘rni, aha- miyati va vazifalarini tahlil etadi. Eng asosiysi, davlat ham, huquq ham ijtimoiy hodisalardir. Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi yuri- dik fandir. Ushbu fan davlat va huquqning mohiyatini, davlat boshqaruvining mazmunini, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barcha jarayonlarini, qonuniylik, huquq buzilishi va yuridik javobgarlik masalalarini umumnazariy jihatdan o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasini siyosiy fan deb hisoblashga barcha asoslar bor. Sababi, davlat va huquq siyosat bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, siyo- satni davlat yaratadi, huquq yordamida siyosat mustahkamlanadi, ifodalanadi va amalga oshiriladi. Fanimiz «siyosat», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy tizim», «siyosiy demokratiya» kabi hodisalarni bevosita tahlil etadi, ushbu tushuncha- lar bilan ish yuritadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa yuridik fanlarga nisbatan umumnazariy, umummetodologik, falsafiy fan sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, falsafiy bilim eng yuqori darajadagi nazariy bilimdir. Falsafa barcha ijtimoiy va tabiiy fanlarning poydevorini tashkil etib, ularni ilmiy metodologiyaning umumiy prinsiplari bilan qurollantiradi. Davlat va huquq nazariyasi falsafiy mazmunda- gi fan bo‘lib, davlat va huquq mavjud bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi. Uning umummetodologik fan ekanligi shundaki, mazkur fan yuris- prudensiyaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) ni, umumiy yondashuv- lari va metodlarini ishlab chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi – fundamental ahamiyatga molik fan. Fan- ning fundamentalligi – u tomonidan o‘rganiladigan hodisa(obyekt) lar haqidagi bilimlarning chuqur nazariyligi, ilmiy umumlashtirilganligi hamda asoslantiril- ganligida namoyon bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasi yaratadigan ta’riflar, qoidalar, uning ochadigan qonuniyatlari boshqa yuridik fanlar uchun poydevor, umumiy asos, rahbariy yo‘naltiruvchi g‘oya, tayanch bo‘lib xizmat qiladi. 1 Qarang: Проблемы общей теории права и государства. Под общ.ред. академика В.С. Нерсесянца. – М.: «Норма», 2008. – 3-4-betlar; Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007. – 14-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling