Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
16
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi umumiylik, o‘zaro aloqa- dorlik davlat bilan bir qatorda huquq ham jadal takomillashib borayotganligidan dalolat beradi. Huquqqa liberal yondashuv, uning insonlar hayotiga yanada yaqinla- shayotganida, adolat va erkinlik g‘oyalarini izchil ifodalayotganligida, fuqarolar manfaatlarini yanada mukammal aks ettirayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisalar kabi davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlatning ham, huquqning ham inson uchun, uning manfaati uchun faoliyat olib borishini fuqarolar tobora chuqur anglab yetishmoqda. Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli guruhlar, tabaqalar yoki alohida shaxslar manfaatining himoyachisi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni bostirish quroli sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugunga kelib ular inson uchun farovon hayotni ta’minlash vositasiga aylanmoqda. Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondashuv, huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini ochish, fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va huquq nazariyasining vazifasidir. Bu, o‘z navbatida, fanning xususiyatlarini ochib berish bilan bir qatorda, uning ijtimoiy ahamiyatini, dolzarbligini isbotlaydi. Jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayot- gan hozirgi dunyoning sir-sinoatlarini ang- lab yetishda ilm-fanning o‘rni beqiyosdir. Olamshumul kashfiyotlar, misli ko‘rilmagan ixtirolar – turli fanlarning yutug‘i. Bugungi sivilizatsiya sharoitida fanning yangi-yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda avval mavjud bo‘lgan fanlar takomillashib bormoqda. Davlat va huquq nazariyasi fani ham mumtoz fan sifatida zamonaviy davlatchilik va huquqiy amaliyot ta’sirida rivojlanib, yangilanib va boyib bormoqda. Shu o‘rinda «fan» iborasi xususida to‘xtalib o‘tish joiz. Fan – bu ilmning muayyan soha bo‘yicha tizimli bilimlar berishga ixtisoslashtirilgan yo‘nalishi hisoblanadi. Yanada aniqroq aytganda, fan – tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida, ilmning nazariya, qonuniyat, tushunchalar (kategoriyalar) kabi turkumlarida ifodalanadi. «Fan – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalar- da, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fan o‘ziga xos obyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi» 1 . Fan tabiat va jamiyatni, umuman, borliqni anglashning ka- litidir. 1 Davlat va huquq nazariyasi. Ikki jildli. 1-jild. – T., 2001. – 8-bet. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling