Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat va huquq nazariyasining predmetini
Davlat va huquq
nazariyasi fanining predmeti 2-§. 17 I bob. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti va mеtodi Mazkur tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, davlat va huquq nazari- yasi fani davlat va huquqni jamiyatning, ijtimoiy hayotning bir bo‘lagi, ya’ni ijtimoiy mazmundagi muhim hodisalar sifatida o‘rganadi. Bu fan go‘yoki, dav- lat va huquqni butun jamiyat hodisalari tizimidan abstrakt tarzda ajratib olib, ularning mazmun-mohiyatini, ichki qonuniyatlarini, amal qilish xususiyatlarini tahlil qiladi. Shu bilan birga, davlat va huquq iqtisod, siyosat, axloq, madaniyat kabi ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganiladi. Bunda fanimiz davlat va huquqning nafaqat iqtisod tomonidan belgilanishiga, balki davlat- huquqiy hodisalarning iqtisodiyotga, ijtimoiy va ma’naviy hayotga faol ta’sir etishga qodir omil ekanligiga ham e’tibor qaratadi. Davlat va huquq nazariyasining predmetini ushbu fan o‘rganadigan ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Bunday masalalar jumlasiga – davlatning jamiyat bilan bo‘ladigan serqirra va murakkab aloqalari, davlat va huquqning jamiyat siyosiy tizimidagi roli va o‘rni, shuningdek ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid masalalar kiradi. Davlat va huquq nazariyasi nafaqat davlat-huquqiy mazmundagi voqea, hodisa va jarayonlarni, balki inson- larning davlat va huquq haqidagi tasavvurlarini, ya’ni huquqiy ong, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyatni ham o‘rganadi. Demak, davlat va huquq nazari- yasi o‘rganadigan masalalar qatoriga aholining ijtimoiy, jamoaviy va individual huquqiy hamda siyosiy ongi, siyosiy-huquqiy madaniyati ham kiradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat va huquq nazariyasining predmetini davlat va huquq mavjud bo‘lishi va rivojlanishining eng umumiy qonuniyatla- rini o‘rganish tashkil etadi. «Qonuniyat» deganda voqea, hodisa va jarayon- larning mohiyatini ifodalovchi qat’iy, real aloqalar tushuniladi. Demak, davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquqning mohiyati, amal qilishi hamda namoyon bo‘lishini ifodalovchi eng qat’iy aloqalarni, xususiyat va omillarni o‘rganadi. Shu tarzda fanimiz davlat va huquqning mohiyatini anglab yetishga ko‘maklashadigan ilmiy ta’riflar va kategoriyalarni shakllantiradi, davlat va huquq rivojlanishining qonuniyatlarini ochadi. Ma’lumki, davlat va huquqqa doir masalalar barcha sohaviy yuridik fan- lar, jumladan, boshqa ijtimoiy fanlar (tarix, falsafa, siyosatshunoslik va h.k.) tomonidan ham o‘rganiladi. Ularning barchasidan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi jamiyatda davlat va huquq amal qilishi va rivojlanishining Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling