Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
12
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ning boshqa xususiyatlari qatorida bunyodkorlik jihatlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. To‘qqizinchidan, huquqiy tafakkurda davlat va huquq borasidagi azaliy, an’anaviy qadriyatlarni, nazariy konstruksiyalarni zamonaviy huquqiy qadriyatlar va yangi konseptual xulosalar bilan uyg‘unlashtirish, qiyosiy tahlil etish vazifasi kun tartibiga chiqdi. Va nihoyat, o‘ninchidan, «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» qabul qilinishi bilan o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Dav- lat qurilishida va jamiyatni boshqarishda yangi yo‘nalishlar belgilandi. Sud tizimi tubdan isloh etilib, yangi mazmundagi sud tuzilmalari (iqtisodiy va ma’muriy sudlar) joriy etildi. Yuqorida sanab o‘tilgan masalalar davlat va huquq nazariyasining tahlil mavzusini jiddiy tarzda kengaytiradi, uning o‘rganish doirasiga ko‘plab yangi ilmiy kategoriyalar kiritilishini taqozo qiladi. Masalan, sotsial davlat, huquqiy makon, huquqiy siyosat, huquqiy tafakkur, yuridik jarayon, huquqiy prezump- siyalar, huquqiy nigilizm, ijobiy-huquqiy sanksiya, yuridik mas’uliyat, huquqiy rag‘bat va boshqalar. Darslikda mavzular fan bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida, man- tiqiy ketma-ketlikda joylashtirilgan bo‘lib, unda o‘rganiladigan masalalar ixti- soslikni hisobga olgan holda yoritilgan. Bu talabalar davlat va huquq nazariyasi fani bo‘yicha bayon etiladigan zarur bilimlarni o‘zlashtirishini osonlashtiradi. Darslikdan barcha yuridik yo‘nalishdagi oliy o‘quv muassasalarida tahsil oluvchilar foydalanishlari mumkin. 13 I bob. Davlat va huquq nazariyasining prеdmеti va mеtodi Dunyo jadal rivojlanayotgan, global- lashuv jarayonlari mamlakatlar hayotini to- bora qamrab olayotgan bugungi sharoitda insonlarda barcha ijtimoiy voqelik va hodisa- larga qiziqish ortmoqda. Bu, o‘z navbatida, mazkur voqeliklarni o‘rganishni, chuqur tadqiq etishni taqozo etadi. Insonlarni qiziqtirib kelayotgan shunday muhim ijtimoiy masalalar qatorida davlat va huquq alohida o‘rinni egallaydi. Jamiyatning har bir komil a’zosi o‘zi tug‘ilgan zaminning, o‘z mamlaka- tining xususiyatlarini, dunyo davlatlari o‘rtasidagi mavqeyini anglashga hara- kat qiladi. Binobarin, davlat va huquq masalasi doimo ijtimoiy ongning diqqat markazida turadi va har qanday ijtimoiy hodisani tadqiq etish ma’lum ilmiy yo‘nalish, biron-bir fan tomonidan amalga oshiriladi. Davlat va huquq hodisalari Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling