Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
eng umumiy qonuniyatlarini
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquq nazariyasi
eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Davlat va huquq o‘zaro bog‘liqlikda hamda alohida holda o‘rganiladi. Chunki, ular yuridik hayotning bir-biri bilan chambarchas bog‘liq qismlaridir. Buni quyidagi misol bilan tushuntiramiz. Ma’lumki, davlat organlari huquq normalarini yaratadi va ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydi; o‘z nav- batida, huquq davlat organlarining maqomini, vakolatlarini belgilaydi, ya’ni 2–18-8 18 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi davlat organlarining faoliyati huquqiy mezonlar, shakllar doirasida amalga oshadi. Shunday bo‘lsa-da, fanda davlatni alohida, huquqni alohida ajratib o‘rganish an’anasi mavjud. Fanimiz bo‘yicha nashr etilgan ko‘pchilik darsliklarda ikki yirik bo‘lim: – davlat nazariyasi va huquq nazariyasi bo‘limlari mavjud. Dav- lat nazariyasi qismida «davlatning tushunchasi», «davlatning kelib chiqishi», «davlatning mohiyati», «davlat hokimiyati», «davlat funksiyasi», «davlatning shakli», «davlat apparati», «davlatning siyosiy tizimidagi o‘rni», davlatning «de- mokratiya» bilan nisbati kabi hodisalar (kategoriyalar) tahlil etiladi. Huquq nazariyasi qismida esa, «huquqning umumiy tushunchasi», «huquqning vu- judga kelishi», «huquqning mohiyati», «huquqning shakli», «huquqning funksi- yalari va prinsiplari», «huquq ijodkorligi», «huquq normalari», «huquqiy muno- sabatlar», «huquqni amalga oshirish», «huquqiy tizim va qonunchilik tizimi», «qonun ustuvorligi va qonuniylik», «huquq buzilishi va yuridik javobgarlik» va boshqa muammolar o‘rganiladi. Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi predmetini ijtimoiy hayot- ning muhim qismi hisoblangan davlat va huquq, ular vujudga kelishi va rivoj- lanishining asosiy qonuniyatlari, ularning mohiyati, ijtimoiy vazifasi, funksi- yalari, shuningdek siyosiy va huquqiy ongning namoyon bo‘lishi va huquqiy tartibga solishning xususiyatlari tashkil etadi. Har bir fan o‘z predmetidan tashqari, muayyan o‘rganish obyektiga ega. Fan qaysi narsalar (hodisalar) haqida bilim yaratib, uni tizimga solsa, shu uning obyektini tashkil etadi. Yuridik bilimlar davlat va huquq xususida yara- tiladi. Demak, yurisprudensiyaning obyektini davlat va huquq tashkil qiladi. Biroq, fanning obyekti uning predmetidan farq qiladi. Aynan bir obyekt turli fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Masalan, davlat va huquq turli sohaviy yuridik fanlar (konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va h.k.) tomonidan o‘rganiladi. Ammo ularning har biri davlat va huquqni o‘z predmeti va metodi nuqtayi nazaridan o‘rganadi. Fanning obyekti deganda, muayyan fan doirasida bilishning vosita va usullari yordamida ilmiy o‘rganish (tahlil) qamroviga olinadigan voqea va hodisalar tushuniladi. Ilmiy bilish jarayonida voqea va hodisalarning fikriy modeli (obrazi) hosil qilinadi, mohiyat – belgilari haqida tushunchalar tizimi vujudga keltiriladi. Xuddi mana shu mohiyatga oid xususiyatlarni ochish fan- ning predmetini tashkil etadi. Ushbu mulohazalar yuridik fanga ham taalluqli. Eng umumiy tarzda xulosa qiladigan bo‘lsak, yuridik fanlarning obyektini davlat va huquq, predmetini esa davlat va huquqning turli xususiyatlari, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling