Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


eng umumiy qonuniyatlarini


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Davlat va huquq o‘zaro bog‘liqlikda hamda alohida holda o‘rganiladi. 
Chunki, ular yuridik hayotning bir-biri bilan chambarchas bog‘liq qismlaridir. 
Buni quyidagi misol bilan tushuntiramiz. Ma’lumki, davlat organlari huquq 
normalarini yaratadi va ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydi; o‘z nav-
batida, huquq davlat organlarining maqomini, vakolatlarini belgilaydi, ya’ni 
2–18-8


18
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
davlat organlarining faoliyati huquqiy mezonlar, shakllar doirasida amalga 
oshadi.
Shunday bo‘lsa-da, fanda davlatni alohida, huquqni alohida ajratib o‘rganish 
an’anasi mavjud. Fanimiz bo‘yicha nashr etilgan ko‘pchilik darsliklarda ikki 
yirik bo‘lim: – davlat nazariyasi va huquq nazariyasi bo‘limlari mavjud. 
Dav-
lat nazariyasi qismida «davlatning tushunchasi», «davlatning kelib chiqishi», 
«davlatning mohiyati», «davlat hokimiyati», «davlat funksiyasi», «davlatning 
shakli», «davlat apparati», «davlatning siyosiy tizimidagi o‘rni», davlatning «de-
mokratiya» bilan nisbati kabi hodisalar (kategoriyalar) tahlil etiladi. 
Huquq 
nazariyasi qismida esa, «huquqning umumiy tushunchasi», «huquqning vu-
judga kelishi», «huquqning mohiyati», «huquqning shakli», «huquqning funksi-
yalari va prinsiplari», «huquq ijodkorligi», «huquq normalari», «huquqiy muno-
sabatlar», «huquqni amalga oshirish», «huquqiy tizim va qonunchilik tizimi», 
«qonun ustuvorligi va qonuniylik», «huquq buzilishi va yuridik javobgarlik» va 
boshqa muammolar o‘rganiladi.
Shunday qilib, 
davlat va huquq nazariyasi predmetini ijtimoiy hayot-
ning muhim qismi hisoblangan davlat va huquq, ular vujudga kelishi va rivoj-
lanishining asosiy qonuniyatlari, ularning mohiyati, ijtimoiy vazifasi, funksi-
yalari, shuningdek siyosiy va huquqiy ongning namoyon bo‘lishi va huquqiy 
tartibga solishning xususiyatlari tashkil etadi.
Har bir fan o‘z predmetidan tashqari, muayyan o‘rganish obyektiga ega. 
Fan qaysi narsalar (hodisalar) haqida bilim yaratib, uni tizimga solsa, shu 
uning obyektini tashkil etadi. Yuridik bilimlar davlat va huquq xususida yara-
tiladi. Demak, yurisprudensiyaning obyektini davlat va huquq tashkil qiladi. 
Biroq, fanning obyekti uning predmetidan farq qiladi. Aynan bir obyekt turli 
fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Masalan, davlat va huquq turli sohaviy 
yuridik fanlar (konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi, yer 
huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va h.k.) tomonidan o‘rganiladi. Ammo 
ularning har biri davlat va huquqni o‘z predmeti va metodi nuqtayi nazaridan 
o‘rganadi.
Fanning obyekti deganda, muayyan fan doirasida bilishning vosita va 
usullari yordamida ilmiy o‘rganish (tahlil) qamroviga olinadigan voqea va 
hodisalar tushuniladi. Ilmiy bilish jarayonida voqea va hodisalarning fikriy 
modeli (obrazi) hosil qilinadi, mohiyat – belgilari haqida tushunchalar tizimi 
vujudga keltiriladi. Xuddi mana shu mohiyatga oid xususiyatlarni ochish fan-
ning predmetini tashkil etadi. Ushbu mulohazalar yuridik fanga ham taalluqli. 
Eng umumiy tarzda xulosa qiladigan bo‘lsak, yuridik fanlarning obyektini 
davlat va huquq, predmetini esa davlat va huquqning turli xususiyatlari, 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling