Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


«Davlat va huquq nazariyasi»


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

«Davlat va huquq nazariyasi» fani yordamida o‘rganiladi.
Tahlilimiz avvalida «nazariya» so‘zining ma’nosi nimadan iborat ekanligi-
ni oydinlashtirib olish lozim. «Nazariya» iborasi «ko‘rib chiqmoq», «tadqiq et-
moq», «tahlil qilmoq» degan ma’nolarni anglatadi. «Nazariya» – keng ma’noda 
voqea-hodisalarning o‘zaro aloqasi va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil 
qiluvchi ilmiy bilim shaklidir. Tor ma’noda esa – u yoki bu sohadagi bilimning 
asosiy g‘oyalari, tushunchalari va qonunlari tizimidir. Nazariya ilmiy bilimning 
voqea va hodisalarning jiddiy aloqalari hamda qonuniyatlari haqida mukammal 
tafakkur asosidagi hosilasidir. Nihoyat, nazariya – g‘oya, fikr va bilimlarning 
tafakkur vositasida tizimli ifodalanishidir. «Nazariy ta’limot» va «konsepsiya» 
iboralari aynan bir ma’noni anglatadi.
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida fundamental mavqe 
va nufuzga ega. U, bir tomondan, ijtimoiy yo‘nalish va mazmunga, ikkinchi 
tomondan, yuridik voqelikni, davlat va huquq hodisalarini ilmiy, nazariy jihat-
dan tahlil etish xususiyatiga ega. Fanimiz o‘z tadqiqotlari natijasida yaratadi-
gan nazariy bilimlar, xulosa va tavsiyalar barcha sohaviy yuridik fanlar uchun 
umumnazariy, metodologik ahamiyat kasb etadi. Yuridik voqelikni aks ettiruv-
chi umumiy tushuncha va kategoriyalarni bilmay turib, yurisprudensiyaning 
biron-bir masalasini, sohaviy yuridik fanlarning mavzularini o‘rganib bo‘lmaydi. 
Davlat va huquq
nazariyasi – 
umumnazariy
ijtimoiy fan
1-§.
I bob. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASINING
PRЕDMЕTI VA MЕTODI


14
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Masalan, «davlat», «davlat apparati», «davlat organi», «huquq», «huquq tizimi», 
«huquqiy munosabat», «normativ-huquqiy hujjat», «huquqbuzarlik», «yuridik ja-
vobgarlik» degan tushunchalarning ta’rifini anglamay turib, maxsus fanlarning 
predmetini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. 
Davlat va huquq nazariyasi asosiy, yetakchi yuridik o‘quv fani sifatida 
quyidagi xususiyatlarga ega:
birinchidan, o‘zining aniq predmetiga, o‘rganadigan mavzulari doirasiga ega;
ikkinchidan, davlat va huquq haqida yaxlit umumiy nazariy bilim beradi, 
davlat va huquqning mohiyati, taraqqiyot bosqichlari va qonuniyatlarini ochib 
beradi;
uchinchidan, davlat va huquq sohasida to‘plangan bilimlarni «davlat», 
«huquq», «qonun», «hokimiyat», «demokratiya» va boshqa kategoriyalarda 
(tushunchalarda) ifoda etadi;
to‘rtinchidan, davlat va huquqning ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanishi-
dagi obyektiv jarayonlarni, dialektikasi va taraqqiyot qonuniyatlarini aks 
ettiradi. 
Xullas, davlat va huquq nazariyasi yuridik ta’lim tizimidagi o‘quv fanlari 
orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Bu fan bo‘lajak huquqshunoslarda huquqiy ta-
fakkur va dunyoqarashni, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish-
da alohida ahamiyatga ega. Davlat va huquq nazariyasini huquqshunoslikning 
alifbosi deyish mumkin. U umumyuridik fan sifatida sohaviy huquq fanlari 
uchun poydevor bo‘luvchi ilmiy kategoriyalar tavsifini shakllantirib beradi. 
Davlat va huquq nazariyasining quyidagi jihatlariga alohida e’tibor qaratish 
lozim:
– davlat va huquq nazariyasi jamiyatdagi muhim ijtimoiy hodisalar – 
davlat va huquqni o‘rganadi;
– davlat va huquq inson hayotining asosiy hamrohi va tartibga soluvchi 
mezoni hisoblanadi;
– davlat va huquq bir necha asrlik tarixiy davrni bosib o‘tgan va bugun-
gi qiyofaga erishguncha umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar hamda 
tajribani o‘z mazmuniga jo etgan;
– inson o‘zi istiqomat qilayotgan zaminga, davlatga hamisha qiziqish 
bilan qaraydi, uni anglash va mushohada etishga intiladi;
– inson o‘z faoliyati davomida muayyan qoida, norma, ya’ni huquqqa 
amal qilish barobarida uning mohiyatini anglashga ehtiyoj sezadi;
– davlat va huquq jamiyat taraqqiyoti bilan aloqadorlikda hamda 
uyg‘unlikda rivojlanib boradi, shu bois, ijtimoiy tamaddun qonuniyatlariga 
bo‘ysunadi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling