Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
11
K irish zamonda dunyodagi mavjud davlatchilik va huquqshunoslik konsepsiyalariga, shuningdek xalqimizning asrlar osha shakllanib kelayotgan boy huquqiy mero- siga qat’iy tayanildi. Davlat va huquq nazariyasi milliy istiqlol mafkurasi mohiyatidan kelib chiqqan holda aholining huquqiy ongi va yuksak huquqiy madaniyatini shakl- lantirishga, ular faoliyatida qonun ustuvorligi, qonunga hurmat va unga itoatgo‘ylik ko‘nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi. Darslikni yozish jarayonida, ya’ni fanning turli mavzularini yoritishda huquqshunoslik va davlatshunoslikda an’anaviy bo‘lib qolgan mumtoz qarashlar, qoidalar bilan mustaqillik yillari- da paydo bo‘lgan yangi zamonaviy g‘oyalar (qarashlar) o‘rtasidagi afzallikni aniqlashga doir muhim bir masala ko‘ndalang edi. Bu boradagi yechim – an’anaviy va zamonaviy ta’limotlar o‘rtasida oqilona muvozanatni topishdan iborat bo‘ldi. Mamlakatimizda davlat va huquq nazariyasi bo‘yicha oxirgi fundamental darsliklar chop etilganiga 8-10 yildan ko‘p vaqt o‘tdi. Shu davr mobaynida jamiyatimiz hayotida qator tub islohiy o‘zgarishlar, demokratik yangilanish- lar yuz berdi. Yangi darslikni tayyorlash va nashr etishni taqozo qilayotgan bir qancha obyektiv sabab va omillar mavjud. Birinchidan, hozir yuridik oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan Davlat va huquq nazariyasi darsliklarida parla- mentimiz palatalarining qo‘shma majlisida ma’qullangan «Mamlakatimizda de- mokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlanti- rish konsepsiyasi»da ifoda etilgan g‘oya va tamoyillar o‘z aksini topmagan. Ikkinchidan, Konstitutsiyamizga davlat hokimiyati va boshqaruvini demokrat- lashtirishga oid o‘ndan ziyod o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Uchinchi- dan, qonunchilik tizimi va qonun ijodkorlik faoliyati jo‘shqin rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda yuzdan ortiq yangi qonunlar qabul qilindi, amaldagi qonun- lar davr ruhiga mos tarzda takomillashtirildi. Ularning aksariyati hali dav- lat va huquq nazariyasi nuqtayi nazaridan talqin etilgani yo‘q. To‘rtinchidan, mamlakatda parlamentga va prezidentlikka bir necha saylovlar o‘tkazildi, say- lov jarayoni, amaliyoti va saylov qonunchiligi takomillashtirildi. Beshinchi- dan, huquqni qo‘llash amaliyoti, qonunlarni hayotga joriy etish mexanizmlari mukammallashib hamda rivojlanib bormoqda. Oltinchidan, inson huquqlari- ni muhofazalash sohasida yangi milliy institutlar, qonunchilik mexanizmlari va xalqaro tajriba rivoj topdi. Yettinchidan, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida muayyan tajriba to‘plandi. Fuqarolik jamiyati institutlari ko‘lami kengayib, ularning faolligi oshib, ahamiyati ortib bormoqda. Bu vaziyatda dav- lat va huquqning faoliyat yuritish prinsiplari hamda funksiyalari, hatto tabiati o‘zgarmoqda. Sakkizinchidan, davlat va huquqqa aksiologik yondashuv tenden- siyasi kuchaymoqda, ularga ijtimoiy qadriyat sifatida qaralib, ushbu institutlar- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling