Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
9
K irish merosi, huquqiy qadriyatlari va an’analari, shuningdek, jamiyatimiz maqsadi sifatida ilgari surilgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, demokratiya va inson huquqlari tamoyillarini hayotga joriy qilishga yo‘naltirilgan g‘oyalar asosida davlat va huquq nazariyasiga oid zamonaviy darsliklar yozish o‘zbek huquqshunosligi oldida turgan dolzarb vazifadir. Bugungi o‘zbek jamiyati o‘zi uchun «huquqiy davlat», «inson huquqlari» va «shaxs erkinligi», «demokratik fuqarolik jamiyati», «siyosiy hurfikrlilik» (plyuralizm), «hokimiyatlar taqsimlanishi», «qonun ustuvorligi», «mustaqil sud hokimiyati» kabi fundamental tushunchalarni qayta kashf etmoqda. Ayonki, jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotini zamonaviy ma’rifiy tamoyillar asosida isloh etishda davlat va huquq benihoya katta rol o‘ynaydi. Shu bois, davlat tuzilishi, demokratik siyosiy tizimning mavjud bo‘lishi, huquqiy mu- nosabatlar oqilona tizimining tashkil etilishi ko‘p jihatdan mamlakatimizdagi davlat-huquqiy institutlarning faoliyatiga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning saylovoldi Das- turida, shuningdek lavozimga kirishish chog‘idagi qasamyodida, Prezident sifatidagi faoliyatining dastlabki yuz kunida e’lon qilgan farmonlarida, ay- niqsa, «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ilgari surilgan yangi g‘oyalari huquqshunoslik nazariya- sining tahlil doirasini yanada kengaytirishga ijodiy turtki berdi. Bular: – inson manfaatlari va qonun ustuvorligi, hokimiyatning xalq bilan bevosita mulo- qoti, «davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi», davlat boshqaruvi tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish, adolatli sud tizimini yaratish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, ta’sirchan jamoat nazorati mexanizmlarini vujudga keltirish va boshqalar. Respublika Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strate- giyasida quyidagilar ta’kidlangan: «Mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, ... globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlanti- rish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda» 1 . Davlat va jamiyatni jadal rivojlantirish, modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish maqsadida ushbu Strategiyada davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashti- rish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mus- tahkamlash bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. 1 Хalq so‘zi, 2017-yil 8-fevral. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling