Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
10
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Davlat va huquqni tavsiflashdagi asosiy mezon – ularning jamiyat ha- yotida o‘ynaydigan rolidir. Davlat – jamiyatni uyushtirish, boshqarish vosi- tasi bo‘lsa, huquq ijtimoiy munosabatlarni jamiyat va inson manfaatlaridan kelib chiqib tartibga solish vositasidir. Davlat va huquq o‘zaro uzviy hodisalar bo‘lganligi bois davlatning mohiyatida va faoliyatida qanday o‘zgarishlar ro‘y bersa, huquqning mohiyati va tabiatida ham shunday o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu jamiyat hayotining umumiy qonuniyatidir. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida doimo yetakchi o‘rinni egallaydi. Uning nazariy umumlashmalari, ta’rif hamda xulosalari yurispruden- siyaning sohaviy fanlari uchun poydevor, metodologik asos vazifasini o‘taydi. Chunki, davlat va huquq nazariyasi davlat hamda huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, tarixiy takomillashuv bosqichlari va amal qilishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi, ularni ilmiy-nazariy talqin etadi, ichki mantig‘i, mohi- yati va salohiyatiga oid ilmiy ta’rifi va tavsifini yaratadi. Davlat va huquq to‘g‘risida nazariy bilimga ega bo‘lish ushbu ikki hodisaning mohiyati va mazmunini, rivojlanish qonuniyatlarini, ularga ta’sir etuvchi omil- larni to‘g‘ri talqin qila bilish yuqori malakali yurist mutaxassislarni tayyor- lashda muhim ahamiyatga ega. Chunki, fuqarolik, ma’muriy, jinoiy, moliya, mehnat huquqi kabi huquq sohalarining maqsadi, mazmunini anglash uchun davlat va huquq nazariyasi fani fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi, u davlat va huquqning tushunchasi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatish tamoyillariga oid nazariy bilimlarni hosil qiladi. Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning nihoyatda boy, serqirra, shu bilan birga, murakkab, mislsiz olamiga kirishning kaliti bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqarash, huquqiy ong hamda yuridik madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi davlat – huquqiy voqeliklar xususida muntazam tizimli bilimlar hosil qilish – bu fanning asosiy vazifasidir. Bahs mavzusi va tadqiqot doirasiga «davlat», «huquq», «qonun», «demokratiya», «hokimiyat», «siyosat» kabi jozibali, murakkab hodisalarni qamrab oluvchi ushbu fan huquqshunoslikning o‘ziga xos qomusi sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqqa tegishli hodisa va jarayon- larning muhim, zaruriy va eng umumiy tomonlarini o‘rganish orqali jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlarini ochish va tushuntirib berish, ijtimoiy hayot maqsadlarini aniqlash va ijtimoiy munosabatlarni davlat va huquq vosita- sida tartibga solish mexanizmlarini yaratish, ularning rivojlanish istiqbollarini ko‘rsatib berish bilan shug‘ullanadi. Mazkur darslikni yozishda nafaqat mustaqillik yillarida to‘plangan davlat- huquqiy tajriba, konstitutsiyaviy tamoyillar va nazariy bilimlarga, balki xorijiy tajriba, umuminsoniy, milliy-ma’naviy hamda huquqiy qadriyatlarga, hozirgi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling