Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

15
I bob.
 Davlat va huquq 
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqning vujudga kelishi, 
mohiyati, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umumiy qonuniyatlarni 
ifodalovchi fundamental bilimlar tizimi. Shuningdek, bu fan davlat va huquq 
haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlarning mantiqiy tarzda umum-
lashtirilgan sistemasi hisoblanadi.
Tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida, ya’ni muayyan zamon va ma-
konda istiqomat qilgan insonlar o‘sha davrning siyosiy tuzumi, mafkuraviy-
g‘oyaviy jihatlari, boshqaruv tartibi, ijtimoiy ongi va madaniy taraqqiyotidan 
kelib chiqqan holda davlat va huquqqa munosabat bildiradilar, ularga baho be-
radilar. Har bir tarixiy davrda davlat va huquqning mohiyati o‘ziga xos, davrga 
mos tarzda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng jamiyat 
hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi davlat va huquqqa ham yangicha 
qarash, yangicha yondashuv paydo bo‘ldi. Davlat va huquqning mohiyatida tub 
o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan vaqtda dav-
latga iqtisodiy hukmron sinflarning tashkiloti, huquqqa esa, ijtimoiy tartibga 
solishning zo‘ravonlik (sinfiy hukmronlik) quroli sifatida munosabat bildirilgan 
edi. Bugungi kunga kelib, ya’ni demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama-
qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq 
ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanmoqda. 
Zamonaviy huquqqa esa, ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy 
tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga kelti-
rish vositasi sifatida yondashilmoqda
1
.
Davlat va huquq nazariyasi ham o‘z mazmun-mohiyati jihatidan tadrijiy 
taraqqiy etmoqda. Unga yangicha zamonaviy qarash, yondashuv shakllanmoq-
da. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga demokratik huquqiy dav-
lat va fuqarolik jamiyati qurishdek buyuk maqsadni qo‘yganligi bois davlat 
va huquqqa, uni o‘rganishga, tadqiq etishga alohida ehtiyoj sezila boshladi. 
Huquqiy davlatda qonun ustuvorligi eng asosiy tamoyil sifatida e’tirof etilsa, 
fuqarolik jamiyatining zaruriy sharti – fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va 
madaniyati, qonunlardan xabardorlik darajasi hamda huquqqa nisbatan chuqur 
hurmatidir. Bu tushunchalar, albatta, davlat va huquq nazariyasining obyekti 
hisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat va huquq 
nazariyasi zamonaviy dunyo taraqqiyoti, sivilizatsiya bilan hamohang harakat-
lanuvchi muhim ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. 
Davlat va huquq nazariyasi nafaqat mamlakatimizda, balki jahon ham-
jamiyatida yuz berayotgan yangilanish va yuksalishlar ta’sirida rivojlanmoqda. 

Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: «O‘zbekiston»,1996. – 20-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling